Vatan
TEMUR TUZUKLARI MANZUMASI
1HamdOlamning podşohi Özingsan, Alloh,Qiyomat kunida mutlaq Hukmdor.Sendan tilangaymiz hamişa panoh,Sendan bölak bizning ne kimimiz bor?!Haq Sening hukmingdir, mulk – Sening mulking,Senga taslim erur şohu gadolar.Böyin tovlaganning qismati şulki,Xorlig-u, dahşatu, oh, vovaylolar.Sen kimga istasang, berding saltanat,Istasang, har kimning qölidan olding.Inson talab qilsa, toju taxt, davlat,Uni ovoralik daştiga solding.Toju, taxtu, davlat Sening nazdingdaInsonning şarafi, izzati emas.Toatu taqvoni uluğ yozding-da,Busiz heç kimsaga ehtirom kelmas.Senga taqvo qilgan, Seni sevganlarJahon şohlaridan erurlar afzal.Poyingga egilib, yiğlab kelganlarMuhabbat jomidan içganlar azal.Zotinga qasamki, Malikul Quddus,Dunyo saltanatin qiymati yöqdir.Seni sevib yoşin tökkan har bir köz,Ikki olam aziz ekani haqdir.Asli, Yer yuzining sultonlaridir –Adolat bayroğin tutguvçi zotlar.Ular marhamatning qörğonlaridir,Mazlumning ohiga yetguvçi zotlar.Podşohlarga berding hukmu farmonni –Toki adl uyin etsinlar obod.Rahmat nuri ila butun jahonniYoritib, ulusga baxş etsin najot.Kimki bu işlarni aylasa ado,Barokatlar töla fursatlar berding.Toki podşoh ekan, hukmingga gado,Unga qudrat bilan qurbatlar berding.Toki yaşar ekan yerda odamzod,Kuç-quvvatda uluğ şohlarni kördi.Ammo har birining söngida, hayhot,Nadomatga töla ohlarni kördi.Bir ojiz bandaga toj ato etib,Taxt ila qudratga keltirgan Özing.Oxir notavonu, xor, gado etib,Çeksiz saltanating bildirgan Özing.Xudoyim, biz Sendan sörmadik toj-taxt,Saltanat işqiga etma mubtalo.Senga qul bölmoqqa bergandirmiz ahd,Bizga sevgingni ber, ber ahdga vafo.Özingga taslim et, ğolib qil nafsdan,Şayton-la kuraşda bergaysan zafar.Bir kun çiqqanida ruh bu qafasdan,Oxirat yölimiz ayla bexatar!Qabrimizni nurga töla qilgaysan,Azoblarni bizdan etgaysan yiroq.Özing holimizni yaxşi bilgaysan –Qiyomatda ayla yuzimizni oq!..Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.