Iymon
Bir mömin hayotning çangalzorida
Bir mömin hayotning çangalzoridaUzoq vaqt adaşib, yurdi uloqib.Qörqib musibatning ğam, ozoridan,Şodlik şarbatidan içdi yutoqib.Kördiki, musibat emas abadiy,Quvonç qadahining tagi taxirdir.Har ne boğu böston yaşnagan joyningNiqobi – yaproğu, asli taqirdir.Fikr etib özining nuqsoni uçunNafsining illatin bildi zör sabab.Bir valiy qoşiga, jazm etdi bir kun,Borgay öz dardiga bir iloj sörab.Egilib ustodning qoşida behol,Söyladi tiliga kelgan kalomni:“Sizga aytsam, menda bor kiçik savol,Ilmidan boxabar aylang avomni.Nafs qanday xilqatdir, neçun u yomon?Neçun qilmoq kerak uni malomat?!Nafsga mansub emiş har neki tuğyon,Imkon yöqmi undan qolmoq salomat?!”Közin yerdan olmay ustodi komil,Soyilga daf’atan ayladi xitob:“Savol kiçik emas, ey tolib, alhol,Seni bosib qöygan aççiq iztirob.Yiğib kelsang agar nafsning sifatin,Ikki adad bölgay hammasi oxir.Nafsga havola et har iş nisbatin,Şu ikki sinfdan çiqmagay, axir.Nafsning bir sifati – oçköz erur u,Töymoq neligini bilmagan hayvon.Har ne lazzat körsa, borin berur u,Bahra olsa, basdir, olam guliston.Yana bir sifati kibrdir, afsus,Şaytondek hammadan yaxşiman der u.Olamni lavh desak, şu lavhning şaksiz,Eng çiroyli, gözal naqşiman der u.Hammani özidan haqir, xor körgay,Zarra nasihatga qilmagay toqat.Özini taxtlarga sazovor körgay,Uluğ maqomlarni istagay faqat.Oçközlik – zillatdan dalolat böldi,Kibr – jahannamning ayni özidir.Nazar sol, fikr et, bu ne holat böldi –Kibrdan kör bölgan inson közidir.Menda ayb yöqdir deb topgay bahona,Haqqa istamagay egmoqni böyin.Ehtirom körsa, bas, uluğ, şohona,Har neni fahm etgay lu’batu öyin.Balki afv etmoqning bordir iloji,Oçközu şahvatga mubtalolarni.Ammo keçirmoqning yöq ehtimoliIçda yasaganing – but, xudolarni”.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.