Iymon
Nabiylar yöliga havasmand, ey dil,
Nabiylar yöliga havasmand, ey dil,Valiylar sulukin orzu qilgan zot!Özingni ölmasdan avval ölik bil,Har keça tuproqqa kirib yolğiz yot!..Nabiylar izini aylab tamanno,Valiylar qölini öpmoq maqsading,Bunday niyatlarni topgan hamonoÖzing-la kuraşib ötgay fursating.Avval xatolaring körgaysan ravşan,Barça nuqsoningga bölgaysan iqror.Anglab, ulkan zindon bu dunyo – gulşan,Boqiy kengliklardan izlaysan qaror.Toki bel boğlading buyuk safarga,Toki şaylandingmi çin şaraf sari,Yarador dilingni oçib saharga,Tunlar yöl olgaysan ul hadaf sari.Bora-bora ölgay dunyoga havas,Bora-bora tugar har ne ehtiyoj.Bilgaysan – nabiylar uçragan sinovSenga kelmaslikka yöq erur iloj!..Toki istagaysan Haqning qurbatinHaq ahlin yölidan, albat, ötgaysan.Har nabiy simirgan xorlik şarbatinSen ham qadah-qadah, bir-bir totgaysan.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.