Farzand ulğaytirişning hikmati
Farzand ota-ona oldidagi qarzini uza olmaydi. Ota-ona ham farzandni qarzdor qilib, keyin bu qarzni uzişi uçun boqmasligi kerak. Ota-ona bölişning bir qança ilohiy hikmati bor. 1-hikmat. Yer yuzida hayot davom etsin. 2-hikmat. Mehr-muhabbat va rahm-şafqat ölmasin. 3-hikmat. Xudoga itoat va sevgi boqiy bölsin. Ota-ona Xudoni taniydigan va ibodatli bolalarni yetiştiriş bilan qullikni ado qiladilar. Bola ota-onani tekin boquvçi, yedirib-içiruvçi deb qabul qilişi qanday xato bölsa, ota-ona ham bolani qarzdor, xizmatkor, qul deb bilişi şunday xatodir. Har bir iymonli oila mömin va musulmon bolani östirsa, bas, murod hosil — hammasi öz izidadir. Ammo masala va maqsad bundan toraysa, musibat va baxtsizlik köpayadi. Bola qul, bola but, bola sanam emaski, unga xojalik qilinsa yoki siğiniş darajasida yaxşi körilsa! Bola nasl davomçisi, ölsak, çiroğimizni yoquvçidir, ya’ni dinni, axloqni, yaxşiliklarni davom ettiruvçi.

Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.