RISOLAYI MARĞUBA
Onamning bobolari mulla Olim rahmatullohi alayh naqşbandiya suluki murşidlaridan edi. Sobiq Şöro mustamlakasi davrida xalqni dinga, axloqqa irşod qildi. Haq yölda ekanligi uçun 20 yillab qamoq va surgun kabi şörolar zulmini kördi. Ona tomondan katta bobomiz bölgan bu zot birlamçi manbalar asosida şogirdlariga, farzandlariga ilm bergan. Xususan, mulla AbdulQodir Toşkandiy ismli olim zotning "Risolayi marğuba" nomli kitobi ta'lim dasturi böib xizmat qilgan. Onamning onalari, ya'ni buvimiz bundan bir yil avval şu kitobni bergan edilar. Kitob Ğulomiya bosmaxonasida 1913-yil çop etilgan 4-naşr ekan. Oxirgi sahifalarda kitob nozirlari aql közi bilan sahvlarni isloh qilişlari iltimos etilgan. Buvimiz bergan nusxa şu qadar köp öqilganidan titilib ketgan edi. Ma'lum böldiki, uni buvimizga marhuma opalari qoldirgan bölib, u kişiga katta bobomiz hadya qilganlar. Kamina kitobni katta qiziqiş bilan qölga oldim.

Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.