Til

G.G.MARKES. 100 YIL YOLĞIZLIKDA romani

Bu roman insoniyatning buguni va kelajakdagi holati haqida kinoyadir degan xulosaga keldim. Harqalay, ötmiş emasligi aniq. Aynan örta asrlardan keyin yangi davr deb atalgan siyosiy era, madaniy-ma'naviy bosqiçning tub xususiyatlarining ulkan zarbulmasali. Din va axloqdan uzilgan odamzodning fojiasi. Şayton va dajjol hukrfarmoligi ostida qolgan insoniyatning jarga qulaşi haqida xabar. E'tiqodsizlikning ofati, iymonsizlikning ma'nosizligi ifodasi. Quruq hissiyotlar va aqlning heç qaçon yoruğlikka yetaklamasligi ifşosi. Markes çizgan tasvirlar axloqsiz körinadi, ammo uning maqsadi axloqsizlikni singdiriş emas, balki axloqsizlikdan insonlarni çiqarib olişdir. Odamning tuyğu va tafakkuridagi tayinsizlik va qarorsizlikning çizgilari. U mohir adabiyot sa'natçisidir. U söz ustasidir. U ramzlar tilida söylaydi. Uning siri ham şunda. Asarning arxetipi Injil va örta asr nasroniy aqiydasidir. Markes, haqiqatan, katta adib, uning tarjimai holiga doir juda kam narsa bilaman, negadir, unça qiziqmayman ham, u yozgan matn unga oid eng muhim va töğri ma'lumotlarni berişiga şubham yöq, asosiysi, maqsad, Markesning nima deyişi emas, uning Fikri va Sözini anglaşda. U nima deyişni istadi? U nimaga işora qildi? Zotan, Markesni Markes qilgan uning fikri va sözlaridir. Bu ikkisidan uni mahrum qilsangiz, millionlagan odamlarning oddiy biridir u ham. Musulmon öqirmon uni anglaşi uçun muayyan ilmlarga ega bölişi lozim. Istasa, öqisin. Oğirlik qilsa, öqimasin. Musulmon uçun ham u romanda iymoniga dastak xulosalar topilişiga aminman. Faqat asarning içiga tuşib adaşib qolmaslik uçun ilm kerak.

8 390marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    OILABUZARMON YOKI UYBUZARMONLAR HAQIDA

    Oila muqaddasdir. U pok saqlanişi kerak. Oilaning sirlari oilada qolişi şart. Er va xotin bir dumaloqning ikki pallasidir. Xiyonatsiz yaşayotgan er-xotin orasini buzişdan ehtiyot…

    1 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.