VALOYAT SIRLARI
Allohga döst bölgan sohibkaromatlar qanday böladilar?
Bu haqda bir ajib hikoyat bor, Siz ham öqib köring-a:
Dovudi Toyy hazratlari daryo qirğoğida baliq tutib ötirgandi, yonida talabalari bor edi. Daryoda bir qiyiq körindi, qayiqda ikki erkak va bir ayol şarob içib maişat qilib kelardi. Talabalar dediki: “Ustoz, şu gunohkorlarni bir duo qiling, ular ham bizga kabi gunohlardan qoçadigan bölsin”, – deyişdi. Talabalar badduo kutib turganda Dovudi Toyy hazratlari Alloh bularning maişatini jannatda ham davom ettirsin deya duo qildi. Qayiq yölini özgartirib ularning yoniga, qirğoqqa keldi. Va kutilmaganda qayiqdagilar Dovudi Toyy xuzurida iymon keltirdi. ("Suv hidi" kitobidan, 170-bet)
Ha, avliyolar anbiyolarning mörosxöridir, anbiyolar insonlarni umidsizlik girdobiga taşlaş uçun emas, umidsizlik girdobidan taqvo sohiliga tortib çiqariş uçun yuborilganlar. Avliyolar esa ularning işlarini davom ettirguvçilardir.
Aziz Nasafiy hazratlari qalamiga mansub"Komil inson" kitobida ajib söz bor: "Haqning rahmati butun olamgadir. Anbiyolarning rahmati öz ummatigadir. Avliyolarning rahmati unga ergaşgan va uni sevganlargadir".
Öziga ergaşganlardan yuz ögirganlar avliyo emasdirlar. Ular ham hamma kabi avom toifasidan bölib, valiy qiyofasida körinadilar, xolos.
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.