Keyingi vaqtlarda ayrim insonlar bilib-bilmay özbek xalqini ayblab qolmoqdalar. Bu narsa bizni xafa qiladi.…
Keyingi vaqtlarda ayrim insonlar bilib-bilmay özbek xalqini ayblab qolmoqdalar. Bu narsa bizni xafa qiladi. Qolaversa, xorijga çiqib Vatanga toş otadigan kaslar ham borki, ularning maqsadi yurt va elni tahqirli sözlar ila şarmanda qilişdir. Ana şundaylarga javob tarzida, qolaversa, begonalarning taşviqotiga aldanmasin deya özligini tanimay yurgan yoşlarimiz, kelajak avlodga xitob ölaroq mazkur satrlar yozildi. Xudoyim xayrli va barakali etsin!
Muallif.
Ming yilki, şon-şavkat tuğin sohibi, Buyuk janglar içra yengilmas laşkar! Haqiqat qurboni, Haqning tolibi Haqdan quvvat olib mudom muzaffar!
Adolat yölidan qaytmagan aslo, Jasorat-u mardlik tuğma sifati! Mol-u martabaga boqmagan qiyo, Zolimning qörqinçi, zulm ofati!
Ilm-u ma’rifatni kötargan boşga, Qiliç öynatganda ğanimlar hayron. Har bitta yaproğ-u har bitta toşga Mehr-u şafqat ila boqqan nigoron!
Mehmonga borini aylagan nisor, Döst uçun jonini tutmagan dariğ. Burgutdek köklardan topgan-u qaror, Mazlumlarni darddan aylagan foriğ!
Yolğon-u riyoga qilmagan toqat, Töğrilik qoşida boşini eggan. Köngil-u iymonga saqlab sadoqat, Nafs-u şaytonini mardona yenggan!
Xiyonat yöliga bosmagan qadam, Diyonat qölini tutgan jon ila. Robbim Alloh deya aytib sönggi dam, Qilsa, jannatlarni qilmişdir talab!
Ayyorlik neligini bilmagani-çun, Goho makkorlarning tuşdi domiga. Sözini qasam deb tutgaydir butun, Goho taşlansa-da kizbning şomiga.
Ortidan urdilar xanjar beayov Yaxşilik bilmagan haromi zotlar. Jon berib bölsa-da, köksida yalov Kötardi kök sari boğlab qanotlar.
Non sörab kelganga berdi nonini, Joy sörab kelganga berdi boşpanoh. Jon sörab kelganga tutdi jonini, Yomonlik qilişni bilmagan dodxoh!
Yaxşilik ulaşib butun olamga, Dunyoni ilmdan aylab bahramand; Şaytonni çöktirib bahri alamga, Ey köhna Buxoro, Xiva, Samarqand!
Ey şonli Farğona, azim Andijon, Ey barokat yoqqan muborak Şoşim! Ey valiy Namangan, ey valiy Surxon, Boşimda nur soçib turgan quyoşim!
Endi sening noming yomon böldimi, Endi jinoyatçi böldingmi, jonim?! Yuzing yerga qarab, yotlar kuldimi, Ğamlar kişanida qoldingmi, jonim?!
Sevgim Senga bölsin, bölmagil muztar, Boqma nonkörlarning vasvaslariga! Nurni körmasalar, öziga xatar – Qamalur ojizlik qafaslariga!
Sen kökday pokdirsan, oydek nurafşon, Quyoşdek sarbaland, toğdek purviqor! Şu qadar zotingga örnaşganki şon, Köksingdan ösgaydir faqat zulfiqor!
Sening haybatingni bilmaganlar – kör, Tanimay toş otgan – nurdan mosuvo. Sen esa sukutda tökib savlat, qör, Barin kuzatursan qilmay vovaylo.
Bu qadar uzoq vaqt jim turgan zotning Örnidan bir bora qözğalmoği bor. Közlarin kuydirib hosid-u yotning, Jahonni töldirur gulşan, boği bor.
Sobit bölib turgan davlating uzra Şaraf bayroqlarin körsin har bir kas! Jahonga taralgan şavkating uzra Uluğvor manzillar xuşxabari, bas!
Adolat-u şafqat, lutf-u qudrat-la Haqni körsatursan qalbdagi közdek! Ilohdan kelguvçi buyuk madad-la, Hadaf Senikidir, ey Buyuk Özbek!

Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.