“HALQA” KITOBINING TARJIMAI HOLI HAQIDA QISQAÇA
Allohning inoyati, uluğlarning duosi hamda yaxşi insonlarning yordami bilan “Halqa” kitobi naşrdan çiqdi, alhamdulillah. Bu ğarib kitobning oğir bir tarjimai holi bor. Bu beçora kitob qamoqda tuğildi. Ozodlikda voyaga yetdi. Uning ovozi hammayoqqa tarqaldi, ammo özi yura olmadi. Nihoyat, 2021-yil, may oyida “Akademnaşr” ilk marta naşr qildi. Lekin buning ustida bölgan mojarolar nihoyatda oğriqli. Keyin yana bir naşr böldi, bu safargisi undan ham azobli xotiralar va xatolar ila yodda qoldi. Keyin yana çop etişdi – bizga yoqmagan bir suratni muqovaga qöyişdi. Aynan şuni qöymanglar degan bölsak-da, şuni tanlaşdi. Keyin yana ikki marta çiqarildi: bosma işlari köngildagidek keçmadi. Keyin yaxşi sifat umidi ila Turkiyadan çiqardik. Ammo ne baxtki, kitob biryöla tutqunlikka tuşdi: ön ming nusxa hamon bojxona omborida çang bosib yotibdi. Keyin u haqida turli miş-mişlar tarqaldi: “Halqa” taqiqlanibdi!” “Bir öquv markazida “Halqa” kitobi borligi uçun egasi jarima qilinibdi!” Hatto qaysidir telegram kanali “Halqa” kitobi taqiqlandi, hamma qölidagi kitobni içki işlar bölimiga opkelib topşirsin!” – deya amr qildi. Bu amr ortidan borib suriştirsak, asossiz gap bölib çiqdi. Qaysi bir şöro davridan qolgan fidoyining şaxsiy taşabbusimi ekan degan taxmin keldi xayolga. Lekin biz umid uzmadik. Vaziyatni Yurtboşimizga bayon qilib xat yozdik. Rasman hukumat portaliga ham murojaat qildik. Naq bir yilda yeçilmagan muammo bir haftaga bormay hal böldi: nihoyat, “Halqa” kitobining çop etilişi uçun rasman tavsiya berildi. Biz bundan sevindik, Allohga hamd aytdik. Endi aksar kitobxon avomunnosdan: “Halqa” tahrirlandimi? Özgartirildimi?” – kabi savollar töxtamayapti. Bu savollarga har bir kitobxon özi şaxsan javob topişini istardik. Qani, köring-çi, asar qisqartirilibdimi? Başarti, şunday bölsa, qayeri olib taşlanibdi? Olib taşlanişi asarning boş ğoyasiga qanday ziyon yetkazgan? Marhamat, mana şunday savollarga ham javob izlab köring. Biz esa, muallif sifatida, kelgusi oyda beş yoşga tölayotgan “Halqa” qissasining naşridan behad xursandmiz. Beş yilki öqilayotganidan Allohga hamd aytamiz. Ayrimlar ilk nusxalarini tört yuz ming sömga sotilayotganini zikr qiladilar. Iznsiz çop etilgan, tarqatilgan, sotilgan nusxalari qança ekanligi haqida bizda mutlaqo ma’lumot yöq. Hurmatli kitobxonlardan iltimosimiz şulki, kitob haqidagi, uning naşri-yu sifati, tahrir-yu tas’hihi haqidagi örin-noörin gap-sözlar muallifga sira ham yengil qabul bölmaydi, har biri biroz bölsa-da, oğriq izini qoldiradi. Azizlarim, turli asossiz va keraksiz muhokamalardan tiyilib, yaxşisi, duo qilingizlar! Masalan, mana bunday: “Allohim, “Halqa” kitobini bizga manfaatli etding, uning manfaatini avlodlarimizga ham qoyim ayla! “Halqa” kitobi qalblar mahkam uşlaydigan mustahkam halqa bölişini nasib etgin! Allohim, “Halqa” kitobi bemalol, emin-erkin naşrdan çiqaversin! Muallifning gunohlarini afv et! Uni panohingda asra! Unga yanada yaxşi asarlar yoziş uçun ilhom va quvat bergin! Yomon köz va sözlardan qöriqlagin! Uning şaxsiga duşmanlik qilaman deganlarga insof va xayrixohlik bergin! Bizga esa unga döst bölib, duolar ila madad va dastak bölişimizga yordam ato etgin!” Mana şunday duolardan köra Sizdan keladigan ulkanroq yaxşilik bormi olamda? “Halqa” uçun ham, keyingi yangi bitiklar uçun ham şunday qöllovlaringizga juda muhtojmiz!
Kamoli ehtirom ila faqir xodimingiz Akrom Malik zulhijjaning 8-kuni, 1446-hijriy; 4-iyun, 2025-milodiy; çoharşanbai murodbaxş kuni yozdi.
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.