Til

ORIFLARNING SIFATI

Ilm ma’lumotlarni xotirada saqlaşdir.

Hikmat foyda va ziyonni ajrata olişdir.

Ilmni jamlagan odam olim.

Hikmatni jamlagan odam hakim.

Lekin ilm va hikmatni öz örni qöllay bilgan orifdir.

Xudoni hamişa yodida tutgan va Xudoning nazarini his etgan zot orifi billohdir.

Orifi billohning asosiy işi johillaga sabrdan iboratdir.

Johillarga sabr qanday böladi?

Kimdir bilmagan narsasini gapiradi. Sukut qilasiz.

Kimdir sizga tuhmat qiladi. Sukut qilasiz.

Kimdir yolğon sözlaydi. Sukut qilasiz.

Kimdir ğiybat qiladi. Turib ketasiz.

Kimdir ovozini kötaradi. Sukut qilasiz.

Kimdir qöpollik qiladi. Sukut qilasiz.

Yerga qarab yurasiz. Hamma insonga tabassum qilib qöyasiz.

Tuyğularingizni zohir qilavermaysiz.

Şoşmay, ohista yurasiz.

Öz ahlingizdan boşqaga nasihat qilmaysiz. Ahlingiz - oilangiz, bolalaringiz, haddingiz siqqan qarindoşlaringiz, juda ham yaqin döstlaringiz, bölsa, juda işonçli şogirdlaringiz.

Eng sobit haqiqat şulki, odamlar nasihatni qabul qilmaydilar. Ularga haqni aytaman deb ovora bölmang, haqni aytib qalblarida uxlab yotgan yovuzlikni qözğab yuborasiz.

Eng katta şarti... qalbingizda Alloh, Alloh, Alloh deb turasiz.

Hayotingiz özgarmasdan qolmaydi.

2 870marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    VALOYAT SIRLARI

    Allohga döst bölgan sohibkaromatlar qanday böladilar? Bu haqda bir ajib hikoyat bor, Siz ham öqib köring-a: Dovudi Toyy hazratlari daryo qirğoğida baliq tutib ötirgandi, yonida…

    1 daqiqa

    “HALQA” KITOBINING TARJIMAI HOLI HAQIDA QISQAÇA

    Allohning inoyati, uluğlarning duosi hamda yaxşi insonlarning yordami bilan “Halqa” kitobi naşrdan çiqdi, alhamdulillah. Bu ğarib kitobning oğir bir tarjimai holi bor. Bu beçora…

    3 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.