Internetda ota öğli bilan döst bölsin degan fikr eşitdim. Qat’iyan xato fikr.
Internetda ota öğli bilan döst bölsin degan fikr eşitdim. Qat’iyan xato fikr. 1. Otadan köra yaqin döst inson uçun yöq. Uni izhor qilişga va bildirişga ota majbur emas. 2. Otaning maqomi uluğ, u öz puştidan bölgan gödakka döstligini bildirişiga ehtiyoji yöq. Ota bolasiga senga döstman, seni yaxşi köraman deb aytişining zararlari: 1. Otaning haybati ketadi. 2. Bola otani kuçli vas sirli emas, oddiy va zaif deb bilib, suyana olmay qoladi. 3. Bola, baribir, boşqalar bilan döstlaşib ketadi, çunki döstlik tenglikni taqozo qiladi. Ota va bola teng bölmaydi. Ota öz nomiga mos OTA bölib qolişi kerak. Buning uçun u qiladigan işlar: 1. Nazorat. Bola hamişa nazoratni his qilsin. Özboşimça, özibilarmon bölmasin. 2. Ota ğazabda haddan oşmasin. Bola xato qilsa, ikki karra keçirilişi va uçinçi safar albatta, jazolanişi ŞART. Buning uçun bola avvaldan ogohlantirilişi, keyin esa işi ayb ekanligi tuşuntirilişi lozim. 3. Nasihat. Bolaga yoqsa, yoqmasa, unga doimiy ravişda muayyan oraliqlarda nasihat qilib turiş şart. Faqat nasihat mijğovlikka aylanmasin. Hayotiy, jonli, qiziq. 4. Bolaga 6 yoşdan 10 yoşgaça ilm ber. Bu yoziş, öqiş, hisob, Xudoni taniş ilmi. Bu davrda bola uçun öyin soati bölişi kerak. Har kuni 1– 2 soat. Muayyan kunlarda köproq. 5. 10 yoşdan hunar örgatmoq kerak. Kosiblik, ta’mirlaş va şu kabilar. 6. 16 yoşdan boşlab ayrim masalalarda fikrini söraş, xato bölsa, töğirlaş, töğrilarini oliş lozim. 7. Bolaga 6 – 7 yoşidan boşlab işonçli ustoz topiş kerak. U tahsili uzoq davom etadigan ilm berişi, jarayonda tarbiyaga hissa qöşişi kerak. Ustoz halol, pokiza, sinovlardan ötgan, oilali, oilasida muammosi yöq, nasabi yaxşi inson bölmoği ŞART. 8. 17 yoşdan öğilni mahallaning oşlariga birga olib çiqiş, muhim işlarni işonib topşiriş kerak. 9. Bolaning tuyğu va hissiyotlariga haddan ortiq diqqat qilinmaydi. 10. Bolaning kiyimlari eskigunça kiydiriladi, ovqat loyiq beriladi va qoldirmay yediriladi – 3 yoşdan. 11. Bola haddan oşiq erkalatilmaydi, yaxşi işlari oz-ozdan, me’yorida maqtab qöyiladi. 12. Bolaning 24/7 vaqti qat’iy kuzatilib, ota uning qayerda nima qilib yurganini bilişi ŞART. 13. Bola heç qaçon foydasiz va zararli iş bilan qoldirilmasin. 14. Bolani sökmang, haqoratlamang, xatosi uçun yerga urmang va böşanglik ham qilmang. 15. Sport bilan barqaror şuğullansin.
Şunday qilib, bola ulğaygaç, yaxşi bir şakl olişiga umid bor va u otasining işlaridan minnatdor böladi va otaga muhabbatli qoladi. Bolaga bir qariçligidan döstligimni bildiraman demang, ota qiladigan işlarni qiling, vassalom.
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.