Til

Qalam – Xudo bergan ne’mat. Qalam der ekanmiz, badiiy, ilmiy ijod, nutq, va’zlarni eslaymiz. Romanlar,…

Qalam – Xudo bergan ne’mat. Qalam der ekanmiz, badiiy, ilmiy ijod, nutq, va’zlarni eslaymiz. Romanlar, qissalar, hikoyalar; şe’rlar, qasidalar, dostonlar va hokazo. Qalam hammaning qöliga berilgan emas. Xudo kimni istasa, unga qalam beribdi. Qöliga qalam berilgan uni olişda ixtiyorsiz bölgani kabi uni taşlaşda ham ixtiyorsizdir. Yoziş dardiga çalingan insonning bu darddan qutulmoği imkonsiz. Fitratiga yoziş sifat ölaroq sabt qilingan ekan, odam bolasi yoziş istagi oldida ilojsiz qoladi. Morboz ölimi mordan, dorboz ölimi dordan deganlaridek, qalamkaş ölimi qalamdan bölişi ham muhtamaldir. Ya’ni qalam tutgan qalamni xato yölga safarbar qilarkan, albatta, uning azobiga özi giriftor bölğay. Şul sababdan qalamni töğri maqsadlarga töğri niyat ila qöllamoq lozim. Qalamning maqsadi – haqiqatlardan odamlarni ogoh etmoqdir. Haqiqat şulki, inson özini töğirlamas ekan, heç narsa töğri bölmagay. Olam sening qalbing bilan gaplaşadi. Qalbingda bori senga yuzlaşadi. Qadaringda röy bergan har bir iş qalbingdan çiqib kelmiş. Qalbingni tuz tut. Qalbning tuz bölmoği rostgöylik, adolat, samimiyat, jasorat, insonsevarlik, gözal xulq, sabr, tahammul, şukur, yaxşilik, muhabbat, hikmat, vazminlik, şafqat, kamtarlik, xokisorlik, yumşoqlik, şijoat, tafakkur, qanoat, insof, hayo kabi xislatlar bilan namoyondir. Yolğonçi – baxtsizdir; zolim – qabihdir; ikkiyuzlamaçi – tubandir; qörqoq – xordir; insonlarni sevmaydiganning qismati – sevgisizlikdir; xulqi xunuk bölgan – yolğizdir; sabrsiz –yölsizdir; tahammulsiz – şarmandadir; şukursiz – mahrumdir; yaxşiliksiz – yomondir; yengiltak – qadrsizdir; kaltafahm – notavondir; rahmsiz – azobga mubtalodir; takabbur – ahmoqdir; diydasi qattiqning qalbi qattiqdir; şijoatsiz böşang – tuşkundir; tafakkursiz – johildir; oçköz – oyoqostidadir; insofsiz – quvilgandir; hayosiz – nafratga uçrovçidir. El-ulus gözal xulq va hikmatga muhtojdir. Gözal xulq va hikmatsiz heç maqsad hosil bölmas. Qalam insonlarga gözal xulq va hikmat eşiklarini oçmoğim lozim. Qalam faqatgina insonning şaxsiy dardlari ifodaçisi emas, yoki u kişilarni ayblaş uçun vazifalanmagan, bil’aks, u xalq uçun haqiqat sari boradigan yölni körsatuvçi maş’aladir. Haqiqat – nurdir, senga sakiynat va halovat, zavqu şavq, huzur va iştiyoq baxş etadigan kaşfiyotdir. Nazarimda, qalamning vazifasini töğri angladim. Anglaganim uluğlar sahifasi mutolaasidan hosil böldi. Qalbingizga sirdoş, yölingizga yöldoş, maşaqqatlarda qöldoş böladigan sözlarni Xudoyim könglimga ilhom etişiyu va uni sizlarga yetişidan umidvorman...

3 050marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    MILLATNING AQL QUVVATI

    Aql quvvati ilm bilan ölçanadi. Öqiş. Izlaniş. Dalillarni kuzatiş. Yiğiş. Soliştiriş. Saralaş. Mantiqiy xulosalar çiqariş. Mana şu aqlning quvvatidan dalolatdir. Bu işga qodir…

    1 daqiqa

    UZOQ UMR KÖRIŞNI ISTAYMAN, bilasanmi, nega?

    Robbim bergan taqdirni rozilik ila yaşab ötiş uçun. Robbimga tavbalar qilib qoliş uçun. Xudoyimga köpdan köp ibodatlar qiliş uçun. Odamlarga köpdan xizmatim yetişi uçun.…

    1 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.