Ota-onalar va farzandlar örtasida muayyan farqlar paydo bölgan davrda yaşayapmiz. Sobiq şöro davrida asl…
Ota-onalar va farzandlar örtasida muayyan farqlar paydo bölgan davrda yaşayapmiz. Sobiq şöro davrida asl manbalardan mahrum etilgani uçun din-u diyonatdan uzoq yaşagan odamlar muqaddas qadriyatlardan uzildilar. Istiqlol har bir insonga öz e'tiqodini, hayot yölini erkin tanlaş haqqi uçun yöl oçdi. Butun insoniyat tan olgan, tarixda odamzod tutgan eng töğri yöl bölgan diyonatni istiqlol farzandlari aql va qalblariga quloq solib, kaşf etmoqdalar. Bunda davlatning insonparvar hamda ma’rifatga suyangan siyosati alohida örin tutmoqda. Hurmatli ota-onalar! Bolangiz dinga qiziqib qoldimi? Namoz öqişni istayaptimi? Qur'on öqigisi kelyaptimi? Siz oq-u qorani tanigansiz. Hayotda köp maşaqqatlar körgansiz. Ilmli döstlar va tanişlaringiz bor. Bu imkoniyatlaringizdan unumli foydalanişingiz kerak. Ya'ni en avval, bolangiz bilan döstona gaplaşing. Qanday hissiyotlarni keçiryapti, qaysi ma'ruzalardan ta'sirlanmoqda? Kimlarni tinglayapti? Başarti, taqiqlangan şaxslarni eşitib yurgan bölsa, qörqmang, bola Sizniki! Özingiz avval biror ilmli inson bilan körişib, undan din haqida sörang, savollar bering va aniq, işonçli ma'lumotlarni örganing. Keyin bolangizdagi holatni bayon eting va uç kişi: siz, öğlingiz va ulamo ustoz iştirokida ma'rifiy suhbat uyuştiring. Qur'on kursiga borsin, ruxsat etilgan kitoblar mutolaa qilsin, istagan savolini berişiga izn bering. Bolani sabr-toqat ila ulğaytirdingizmi, bu yerda biroz toqatli böling, natijada, siz ham din haqida bilib olasiz, ham bolangizni töğri yölga solasiz. Musulmonlar idorasining internetdagi platformasida dinimizga oid hamma savollarga javoblar bor, heçam ikkilanişga hojat yöq. Bu sözlarni aytişdan murodimiz ota-ona va bola örtasidagi jarlikni yöq qiliş yölini topişdir. Bolangiz oila va turmuş haqida sovet mafkurasidan farqli fikrlayotgan bölsa, mening aytganim böladi demang, hamma muammoning yeçimini hikmat ila topiş mumkin. Insonlar xotirjam va halovatda yaşaşga urinişlari kerak. Har bir odam özini bezovta qilayotgan muammoni töliq örgansin. Aks holda, qiynalib qoladi. Hurmatli yigitlarimiz va qizlarimiz, ba'zan ota-onalari ularga qarşi çiqsalar, nafslariga yoqmasa ham, sabr qilsinlar. Ota-ona diniy ilmdan bebahra bölsa-da, bolasiga bölgan muhabbat tufayli hayotidagi eng yaxşi tajribalar bilan harakatlanadi. Albatta, johil, haddan taşqari ğofil, heç narsani tinglamaydigan ota-onalar bundan mustasno, lekin bundaylari kam böladi. Diyonat yölini tutayotgan yoşlar ota-onalarini mehr va xizmat ila xursand qilişsin. Özlarini xor va beçora tutsinlar. Ota-onadan aslo norozi bölmasinlar. Mana şu eng töğri yöl. Kimki odamga sening ota-onang johil, ulardan yuz ögir yoki ularga qarşi bölsa desa, eng katta va eng xavfli xato gapni aytgan böladi. Xalqimizning ayrim odamlari din-u diyonatdan olis qolgan bölsa ham, qalbi va fitratida hidoyatga talpiniş bor. Deyarli barça ota-ona farzandini töğri tuşunadi. Biz sabrsiz bandalarmiz. Muammoni hikmat bilan zararsiz usullar ila yeçişni bilmaymiz, darrov kesib-çopgimiz keladi. Bizga nimadir tezda hosila bersa! Nimadir tezda bitsa! Yöq, isloh uçun yillar kerak, sabr qiliş va halim böliş malakasi bizga juda zarur.
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.