Davomi
Oila qurişdan maqsad nima?
Oila qurişdan maqsad nima? Hamma buni biladigandek, lekin yoşlarimiz uçun eslatma sifatida qayd etib qöyişni lozim topdik. Oila insonning fitriy talablaridan biridir. Inson ulğaygani sari yolğizlik hissini çuqurroq his etadi. Kimgadir suyaniş va yaqin böliş ehtiyojiga yöliqadi. Oila quriş ana şu böşliqni töldiradi: munosib qizga uylaniş va munosib yigitga erga tegiş bilan baloğatga yetgan yigit va qizda butunlik tuyğusi paydo böladi. Aslida ham, bu ilohiy haqiqatni yuzaga çiqaradi: momomiz Havvo alayhissalom otamiz Odam alayhissalomning qovurğalaridan yaratilganlar, er va xotin özining umrlik yöldoşiga juftlaşmagunça özini yarim his qilaveradi. Bundan kelib çiqadiki, oila quriş ruhiy va hissiy butunlikni asosidir, insonning dunyo hayotida baxtiyor va xotirjam yaşaşining poydevoridir. Ikkinçidan, jismoniy holat oilali bölişni talab qiladi. Jismda yuzaga keladigan muayyan ehtiyojlar faqat oilaviy halol munosabatlar bilan qoplanadi va bu insonning jismoniy salomatligini ta'minlaydi. Uçinçidan, nasl qoldiriş maqsadi. Inson, Xudo nasib etsa, keksayadi, kuçdan ketadi, yoş ötişi bilan ğamlar quyuqlaşib, istiqbol tumanli tus oladi. Şunda inson uçun örinbosar, uni yaxşi köradigan, mehr-u muhabbat ila xizmatini qiladigan farzand kerakligini tuşunadi. Farzand ota-onaning zoti va sifatlarini özida jamlab, davom ettirib ketadi. Ota-onalar farzandlarining qiyofalarida yaşayveradilar. Farzand ota-onani hayotlik çoğida mamnun etib, yoruğ kunlarni hadya qiladi, olamdan ötgaç, haqqiga duo aylab, qabrlarini nurlar bilan töldiradi. Farzandlar köp bölişi kerak. Oilani rejalaştiriş va falon nafar bola katta qilaman deganlar adaşadi. Mehr-u oqibatli qilib ulğaytirilgan farzandlar bir-birigi suyanç böladi, hayotning turli ofat-u maşaqqatlaridan birgalikda ğolib böladilar. Yana qaytariş mumkinki, bunda silai rahm öta muhim: bir-birini yaxşi köriş, bir-birini avaylaş, bir-birining köngliga qaraş, bir-biriga nasihat qiliş va bir-birining sirlarini saqlaş. Ba'zan jigarlarni özaro hasad va adovatda köramiz: yutuqlaridan quvoniş örniga kuyişadi; musibatlaridan sevinişadi; bir-birlarini heçam döst bölib tuşunişmaydi, dilozorlik qilişadi; bir-birlari haqida faqat ğaşlik bilan, yomon fol-u gumonlar bilan gapirişadi. Bu yaxşi emas. Hurmatli navqiron döstlarim! Hayot uzoq davom etadigan safar. Bu safarda qiyinçilik va quvonçlar birga yuradi. Qiyinçilik oğriqli bölgani uçun köp, quvonç lazzatli bölgani uçun kam körinadi. Tuşkunlik onlarida, xastalik kunlarida, kambağallik va yetişmovçilikda sizga yöldoş böladigan, sirlaringizni sotmaydigan, nuqsonlaringizga sabr qiladigan juft zarur. Uylansangiz, xotiningiz tili zahar bölsa, sizni pisand qilmasa, sirlaringizni sotsa, salga xafa bölib, ketaman deb köçaga çopsa, taloğim ber deya vovullasa, qalbi dunyoga qul bölib, nuqul kerak-nokerak narsalarni sotib olgisi kelaversa, yaqinlaringizni yomon körsatib tursa, bolasidan sizni boğlab turadigan sirtmoq sifatida foydalansa, bir umr baxtsiz yaşaysiz. Bu örinda xotinning çiroyi bir tiyinlik foyda bermaydi, aksinça,çiroy uni ajinaga aylantirib qöyadi. Qizlar, sizlar maydagap, dangasa, xotinçaliş, xotinining sirini onasiga va boşqalarga aytadigan, dunyosevar, işratparast, yolğonçi, ikkiyuzlamaçi, sözida tayini yöq, qaror qabul qila olmaydigan yigitga tegsangiz, bir umr sarson-u sargardon bölasiz. Öşa onlarda ul yigitning körkamligi yoki otasining boyligi yoki özining mol-davlati ahamiyat kasb etmaydi. Eng qiziği, siz bir tuyur aqlingiz bilan hali odam tanimaysiz, yaxşi-yomonni ajratmaysiz, döst-duşmanni farqlamaysiz. Hayotda zarur bölgan insoniy sifatlardan xabaringiz yöq. Şunday ekan, hurmatli qizlar, köçada özini sipo va taqvodor körsatgan yigitni; ey yigitlar, özini taqvodor qiyofaga solgan, aqlli gaplarni yodlab olib, ovozini çarxlab, hiqqilab nozlanib gapiradigan, yolğondan yerga qarab, iffatlini yoqib olgan soxtakor va makkora qizni tanimaysiz.
Ovozdastakni heç kim bermayotgan "oilaşunoslar" podkastlarda ötirib olib, tört soat gaplaşing va bir-biringizni örganing deya berayotgan degredativ maslahatlariga amal qilib ham heç narsaga erişmaysiz. Hatto, biz kemada safarga çiqyapmiz, yarim yölda bir-birimizni taşlab ketmaymiz deb ahdlaşib olsangiz ham foydasiz. Çunki söz boşqa, amal boşqa. Insonning sifati va tarbiyasm iş paytida özini körsatadi. Çiroyli vaqillagan qurbaqadan nimani kutiş mumkin? "Men mundayman, undayman", — deb ovozini suzayotgan "qiz" ertaga sal ovozingiz kötarilsa, dodlab onasinikiga yugurib, sizga ming tuhmatni yoğdirişdan toymasligi mumkin. Yoki men mana şunday ovliyodan deb turgan yigit sal injiqlansangiz, sizda battar ezmalanib ketişini körasiz. Şunday ekan, gap ota-onada qoladi. Hurmatli ota-onalar, taqdir işini bolalarga qoldirmangizlar. Sizlar hammani yaxşi bilasiz. Odamlarni taniysiz. Kişilarning nasl-nasabidan, hayotidan. körsatgan hunar va öyinlaridan, axloq-u fe'lidan xabaringiz bor. Onasini körib, qiz ol deyişadi. Qazisan, qartasan – asl naslinggga tortasan deyişadi. Bola, baribir, ota-onaning sifatini takrorlaydi. Şuning uçun, eng avval, mahalladan bolangiz uçun juft izlangizlar. Yaxşi qiz mahalladan çiqmaydi deyişadi. Yaxşi, insofli oila bölsa, qöldan çiqarmangizlar. Kelin bölsin, kuyov bölsin, yetti naslini suriştiringizlar. Kuyov bilan obdon suhbat qilib, aqlu farosatini tekşiringizlar, iş joy va öqiş joylaridan qiziqib köringizlar. Ana şunday tekşiruvlardan yaxşi ötgan, mas'uliyatli, jiddiy va aqlli bolalarni kuyov qilingizlar. Bu gaplarimiz, aslida, katta kitob böladi. Oila haqida töğridan-töğri oyat va hadisdan hukm çiqarib oliş murakkab. Masalaga hikmat közi bilan qaraş kerak. Bu gaplarning hammasi oila qurişgaça bölgan masalalar edi. Oila qurilgaç, nimalar böladi, nimalar qiliş kerak – endi u boşqa bobning mavzusi.
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.