Til

Öğilni uylantiriş, qizni uzatiş – ota-onaning işi.

Öğilni uylantiriş, qizni uzatiş – ota-onaning işi. Buning içiga baloğatga yetgan öğilga qiz izlab topiş ham kiradi. Ota-onalar öğillari uçun bir umrlik hamrohni özlari tanlab bersinlar. Buning uçun matonatli, mehnatkaş, sadoqatli, iffatli qizni kelin qilaman deya bölajak kelinçakning xulqlarini şakllantirişsin. Öqigan, işlab pul topadi emas, hayoli, ma’rifatli, oilaparvar, rözğorsevar, itoatli qiz kerak deyişsin. Qizlarga ham kuyovni ularning özlari emas, ota-onalari tanlaşsin. Öğlim, falon qiz bilan gaplaş, könglini top, keyin biz boramiz degan gaplar xato. Unday bölmaydi. Kattalar boş, kiçiklar yonboş bölsa, kelinlikka nomzodni mahalla-köydan suriştirib, yetti puştigaça tekşirib, qat’iyan kelin qilamiz deya xonadonga boriş va qulçilikka keldik, ostonangizni supurgani keldik deyiş şart. Hamma talablarga javob beradigan nomzod kelin uçun har qança qulçilik qilib, har qança ostona supursa ham, arziydi. U qiz uçun har qança qalin va har qança mahr kam. Lekin qizni köçada topilgan öyinçoqdek köçadan topiş, hayotning “h”sini bilmaydigan bolakaylarga özingga xotin, er top deb taşlab qöyiş ulkan va ulkan nuqsondir! Aziz ota-onalar! Eskilarning yöliga qaytaylik: bolalarimizni köçaga taşlamaylik-da, özimiz ega çiqib, özimiz uylab, joylab, uzatib, çiqaraylik. Aks holda, ikki tajribasiz xomning iskaşib qurgan oilasi zaif böladi, tezda buzilişi xatari katta, Alloh saqlasin! Hurmatli “oilaşunoslar”! Albatta, falonday juft top deb podcastlarda aql böliş oson, undan köra ota-onalarni mas’uliyatga çaqiraylik va kelinlarni qaynona tarbiyasini olişga da’vat etaylik. Agar eski riştalarni tiklamasak, eski riştalarga boğlanmasak, çökib ketamiz, ahvolimiz ertaga bugungidan ming battar böladi.

Kirillçada öqing!

3 770marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Begonalar

    Ikki öğrining tavbasi juda ğalati keçdi: bolaligidan çöntak kesib, el molini ömarib katta bölgan bu mardum Mulla Ğani pirning oyoğiga özini taşladi: dod, tavba qildik deyişdi.…

    3 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.