Til

Ilm ahli soxta bölmaydi, Xudoning ilmi munosib bölmaganlarga berilmaydi.

Ilm ahli soxta bölmaydi, Xudoning ilmi munosib bölmaganlarga berilmaydi. Haqning kalomi va Payğambarning söziga muvofiq hikmatlar kirli va nopok qalbdan çiqmaydi. Parvardigorning hukmi, Payğambarning yöliga uyğun kalimalar tavbali qalblar, siniq nafslar va beçorahol qullardan keladi. U kalimalar fahş ma’nolar bilan qoraymagan, ğiybat va tuhmat ila zaxalanmagan, fasod va fisq ila hidlanmagandir. Şul bois kimning sözlarida soflik va jumlalarida qalbingga malham ma’nolar tajalliysini topsang, ul inson haqida yomon gumonlar va iftirolarga e’tiboringni taşlama. Qalb bir buloqdir. Undan Haqning hikmati suv bölib oqadi. U qalb egasida gunoh va ma’siyat paydo bölsa, uşbu buloqning közlari yopiladi. Xudoning yölidan toyganning tili ham toyadi: u haşamdor jumlalar ila rabboniy hikmatlarga qarşi gapirayotganidan özi xabarsiz qoladi. Sözlari qançalik jimjimador bölmasin, mazmunidan rutubat ufuradi. Nifoq ahliga hidoyatli sözlar aytiş ne’mati berilmaydi.

Кириллчада ўқинг!

2 610marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Oila qurişdan maqsad nima?

    Hamma buni biladigandek, lekin yoşlarimiz uçun eslatma sifatida qayd etib qöyişni lozim topdik. Oila insonning fitriy talablaridan biridir. Inson ulğaygani sari yolğizlik hissini…

    4 daqiqaDavomi

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.