Mumtoz oila
UÇINÇI BOB
UÇINÇI BOB ÖĞIL
Uçinçi fasl Örtança öğil
Örtança öğillarning xos jihatlari – jangarilik (uruşqoqlik deyilsa, biroz dağal çiqdi), ayyorlik, boşqaruvçilik, qattiqqöllik, hunarlarga, savdo va qöl mehnati bilan boğliq işlarda ustalik, jahldorlik. Ularda böysuniş xislati yetişmaydi. Akasiga, katta ehtimol bilan, raqobatlaşiş odati bor. Şu sababli köplab oilalarda örtança öğilning tönğiç öğilga itoati nisbatan sust körinadi. Örtança öğil komil himoyaçi, qöli gul usta, muammolarni amaliy hal etuvçi, vaziyatga haqiqat közi bilan qarovçidir. Örtança öğil tönğiç öğil soyasida kamroq mehnat qilib, dangasalikka ham yöliqadi. Örtança öğil adab va axloq, hikmat va ma’rifat sari qadam bosar ekan, uning tanqid qilinadigan sifatlari gözal va havas qilarli xulqqa aylanadi. Örtança öğil oilada muvozanat saqlovçidir – hissiyotli paytda aqlni işga soladi; aqlga mutlaq suyanib qolinsa, odamgarçilikni eslatadi. Örtança öğillar köpinça ota-onani kuydirib qöyişadi: quloqsizlik, beboşlik aksar ulardan sodir böladi. Lekin eng quyuq va samimiy yaxşiliklarni ham döndiriş ular uçun oson. Örtança öğilning ötkir hisob-kitobi, tadbirli fikrlaşi va öziga işonçi oila imoratining suyagidir.
Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.