Til

Mumtoz oila

UÇINÇI BOB

UÇINÇI BOB ÖĞIL

Ikkinçi fasl Tönğiç öğil

Tönğiç öğillar tabiatan mehribon, köngilçan, bosiq va ğamxördirlar. Ulardagi bu sifatlar tuğma böladi. Deyarli barça tönğiçlar murosali, ehtiyotkor, mehnatkaş va muloyimdirlar. Ular kuraşçan, fikrli, donişmand, ilmga moyil, boşqaruvçilikka salohiyatli, intizomli, mas’uliyatlidirlar. Tönğiçlar otalarning birinçi tayançi, onalarning ilk suyançi. U ham aqlan, ham qalban avvalroq ulğayadi. Oiladagi katta-kiçik işlar yoşligidan uning zimmasiga yuklangani uçun u köp yuk kötarişga odatlanadi. U aynan tönğiç bölgani uçun boşqa joylarda ham muammolarga befarq emas: nimanidir hal qiliş, amaliy yordam qiliş, şafqat va mehribonlik unga xos. Tönğiç öğilni keyinçalik, jiyanlari katta ota yoki boy ota deyişlari ham oilaning uluği sifatida otadan keyingi örinda turişi sabablidir. Tönğiç öğil otaning örinbosari. Oilani jamlovçi. Kiçiklarga yöl körsatuvçi. Uzoq öylovçi va qayğuruvçidir. Tönğiç öğil ukalarini keçiradi, singillariga qanotini doimo keng yozadi. U ukalarini maşaqqatga qöymaslik uçun maşaqqatlarni zimmasiga ola biladi. U ta’sirçan. U oila uçun ğam çekadi, u jigarlariga birdek yaxşilik qilişni xohlaydi. Ukalari noqobil çiqsa, qattiq iztirob tortadi. Itoatsizlikdan ozorlanadi. Tönğiç öğil saxovatli, heç kimni yordamsiz taşlamaydi. U himmatli, uluğ işlarni oson bajara oladi. U barokatli, qaysi işga qöl ursa, barakali keladi. U ota va onaning eng yaxşi sifatlarini özida jamlay olgan mevadir. Tönğiçlar qiyinçiliklarga birinçi bölib kökrak kerib çiqadi. U barça quvonçlarni taşkil qilib, boşqalarning quvonçidan quvonadi. U erinmaydi. U töxtamaydi. Uni yengiş va zabt etiş qiyin. Tönğiçlar yoşligida böş-bayov bölsalar-da, ulğaygaç, hikmat va quvvat ularga beriladi. U sabrli, u tez keçiruvçi, u sokindir. U maslahatgöy. U boşqa farzandlarga nisbatan köproq sodda, köproq yiğlovçi va köproq ğolibdir. Garçi u köp tanbeh eşitadi, garçi köp ruhiy qiynoqlarni yaşaydi, ammo tönğiç uluğ demakdir. Uning borligi oilaga uluğlik, umid va işonç olib keladi.

Akrom MALIK

2 860marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    UÇINÇI BOB

    ÖĞIL Birinçi fasl Öğilning sifati Bir oilada öğil bölib yaşaş naqadar şaraf bölsa, şu qadar ulkan mas’uliyatdir. Öğil – sulola davomçisi. Umidlar çiroği. Oilaning quvvati.…

    2 daqiqaMumtoz oila

    IKKINÇI BOB

    OILANING YURAGI – ONA Jannat onalar oyoği ostida. Bu haqiqatni bugun faqat farzandlar emas, onalarning özlari ham anglaşlariga ehtiyoj bor. Jannat oyoği ostida bölişi uçun ona…

    3 daqiqaMumtoz oila

    BIRINÇI BOB

    OILA HUKMDORI — OTA Uçinçi fasl Otaning oiladagi siyosati Boşlanişi: 👉 1-qism. 👉 2-qism. Oilada bir neça farzandlar örtasida adolat bölişiga ota jiddiy e'tibor beradi. Birini…

    2 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.