Til

Mumtoz oila

IKKINÇI BOB

IKKINÇI BOB

OILANING YURAGI – ONA

Jannat onalar oyoği ostida. Bu haqiqatni bugun faqat farzandlar emas, onalarning özlari ham anglaşlariga ehtiyoj bor. Jannat oyoği ostida bölişi uçun ona jannatning ustida yura oladigan bölişi kerak. Haqiqiy ona hayotdagi oliy maqsad farzand dunyoga keltiriş va uni parvarişlaş kerakligini anglab yetgan onadir. Ona onalik maqomini anglab yetganida özini butkul onalikka baxş qiladi. Onalik maqomi yer yuzidagi eng oliy maqom bölib, uning öxşaşi yöqdir. Ona, şunçaki vasf hamda madhlar nişoni emas, u iç-içidan pokdomon, iç-içidan samimiy, iç-içidan bolaning kamoli uçun parça-parça qilib bera oladigan zotdir. Ona mana şuning uçun uluğlanadi. Şuning uçun ham bola jannatni onaning poyidan topa oladi. Ona bola uçun öz oromi, öz gözalligi va sihhatidan, hatto hayotidan voz keça oladi, lekin evaziga heç narsa talab qilmaydi. Ona onalikdan yuz ögirgan onidan boşlab mazmunsizlik qa’riga qulaydi. Ona bolani dunyoga keltirgaç, keçalari bedor holda uni emizadi, unga parvona böladi, uning uçun kuyinadi, uning bolaga muhabbati pok va haqiqiy ekani isboti şuki, u bu işlarini minnat qilmaydi, bu işlari uçun evaz va badal talab qilmaydi. Ona otani uyda taxtga ötqazadigan quvvatdir. U istasa, otani taxtdan tuşiradi; istasa, taxtda maqomini oliy qiladi. Ona otani bolalariga gard yuqmas, daxlsiz siymo sifatida tasvir etadi, ota uçun eng munosib örinni hozirlaydi; otaning şa’nini bolalar nazdida eng oliy şa’n ölaroq singdiradi. Bolalar onaning közlari bilan dunyoni ilk bora köradi. Onaning fikri bilan fikrlaydi. Onaning sözlari bilan sözlaydi. Şul bois, ona hamişa özini, öyini, sözini pok tutadi. U qilayotgan işi va aytayotgan sözi norasidasining qalbi va xayolida qanday iz qoldirişini idrok etadi. Ona bolalarga otani maqtaydi, bolalar holatidan otaga eng töğri ma’lumotlarni beradi. Ona oilaning qoq markazida turib, qalb kabi butun oilaga osoyiştalik va nur baxş etadi. Uning uçun oila – qörğon. Oiladan bölak maskan unga taskin bermaydi. Ona bolani ovutişni, ovqatlantirişni, çömiltirişni biladi. U ona bölgani uçun özini bola qarşisida öta mas’uliyatli tutadi. Ona ona ekanini peş qilmaydi. Onalik maqomidan foydalanib bolalarni öz ra’yiga qarab foydalanmaydi. Ona öğil misolida qul emas, çinakam eryigit va jasur inson tarbiyalaydi, u öğilni bir umr etagiga solib allallab yaşamaydi. Ona qizidan ğiybatçi va çaqimçi, çidamsiz va toqatsiz maxluq emas, oqila, donişmand, oilasevar matonatli ayol yetiştiradi. Ona öğilni bir umr etagiga solib yurmaydi. Unga insof-u diyonat tilab, ota tarbiyasiga havola qiladi. Onaning köp vaqti qizni şakllantirişga bağişlanadi – qiziga pazandalik, uyni toza tutiş, yirtiq-yamoqni tikiş, xuşmuomalalik va gözal xulqni örgatadi. Qizining holatini nazorat qiladi. Uning qalbiga havoyi orzu-havaslar kirib in qurişiga izn bermaydi. Qizini muttasil ravişda muayyan iş bilan band qiladi. Ayollikka oid maşaqqatlarni yengib ötiş ta’limini berib, ayollik şarafini saqlaş örnagini körsatadi. Ona qiziga haqiqiy ona qanday bölişini yaşab körsatadi. Ona Xudodan qörqsa, otaning Xudodan qörqqanidan köra köproq foyda keltiradi. Onaning ibodati otaning ibodatidan köra kuçliroq quvvatga egadir. Otaning adaşişidan köra onaning adaşmoği ulkan fojiadir. Ota adaşsa, uning asoratidan onaning adaşmoği asorati mudhişdir. Ona oilaning yuragi, yurak xastalansa, butun vujud zaiflangani kabi ona ma’nan xasta bölsa, butun oilada halokat sodir böliş ehtimoli yuksakdir. Onaning yaxşiligi uçun Xudo uning poyiga jannat töşagan bölsa, yomonligiga qanday jazo berişini tasavvur qiliş mumkin. Ona öz maqomini pok saqlasa, u arşdan baland öringa ötqaziladi.

Akrom MALIK

3 950marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    BIRINÇI BOB

    OILA HUKMDORI — OTA Uçinçi fasl Otaning oiladagi siyosati Boşlanişi: 👉 1-qism. 👉 2-qism. Oilada bir neça farzandlar örtasida adolat bölişiga ota jiddiy e'tibor beradi. Birini…

    2 daqiqaMumtoz oila

    BIRINÇI BOB

    OILA HUKMDORI — OTA Uçinçi fasl Otaning oiladagi siyosati (Boşlanişi. Davomi) Otaning öğil va qizga nisbatan yondaşuvi farqlidir. Qizga qattiq gapirmaydi, faqat yumşoq gapiradi.…

    2 daqiqaMumtoz oila

    BIRINÇI BOB

    OILA HUKMDORI — OTA Uçinçi fasl Otaning oiladagi siyosati Ota oilada aksar holatlarda jiddiy va tabassumli odamdir. U xotirjam va osoyişta, vazmin va oğir-bosiqdir. Ota har bir…

    2 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.