Til

Mumtoz oila

UÇINÇI BOB

UÇINÇI BOB ÖĞIL

Birinçi fasl Öğilning sifati

Bir oilada öğil bölib yaşaş naqadar şaraf bölsa, şu qadar ulkan mas’uliyatdir. Öğil – sulola davomçisi. Umidlar çiroği. Oilaning quvvati. Oilaning himoyasi. Oilaning ustuni. Oilaning ildizi. Öğilning xulqi hammasini hal qiladi – agar u komil axloq egasi bölib ulğaysa, butun oilani çaroğon qiladi, ota va onani baxtiyorlik ila yaşatadi; Xudo körsatmasin, öğil nomaqbul bölib katta bölsa, oilaning zulmati, baxtsizligi, ota-ona umrining zavoli, şarmandagarçilikning ibtidosi böladi. Öğilga bu haqiqatni aqlini tanigan onidan boşlab anglaşi kerak. Anglaşi uçun şaroit hozirlanmoği lozim. Öğil vazmin, bosiq, mas’uliyatli, harakatlari qat’iydir. U lallaymaydi, şalpaymaydi. U hissiyot bilan emas, aql va intizom bilan fikrlaydi. U maydalaşmaydi, u maydakaşlik va uluğvorlikni; mardlik va pastkaşlikni; izzat va xorlikni çuqur anglaydi. U himmatli va jasoratli; u aqlli va qörqmas; u kuçli va mehnatkaş; u tadbirli va sovuqqon; u şafqatli va mehribon; u hisob-kitobli va uzoqni öylovçidir. Öğil ösmirligidan boşlab mustaqillikka qadam qöyadi – ota-onadan pul oliş unga uyatlidir; u öz yukini özi kötariş haqida, öligini birovga taşlamaslik, tekinxör bölmaslik haqida öylaydi. U sergaplikdan nafrat qiladi, qisqa jumlalar bilan maqsadini anglatişning yöllarini topadi; işni döndirib, jim turişni sevadi. U tiliga mahkam. Valaqlamaydi. Safsata sotmaydi. Laganbardorlikdan jirkanadi. Ikkiyuzmaçilik va yolğonni aslo qabul etmaydi. Öğil şahvatini tiyadi. U pana-pastqamlarda boşqa oilaning nomusi sanalgan qizlar bilan – nomahramlar bilan yengiltaklik qilişdan orlanadi. Köça-köyda, arava-ulovda qizlar bilan likillab, xiringlab, javrab yurişni şarmsorlik, yuzsizlik deb biladi. Öğil ipini uzgan hökiz ğunojin va sigir ortidan yugurgani kabi nomahram ayollar va qizlar ortidan hirs ila yugurmaydi; u özini mahkam, toza va pokiza tutadi; ota-ona ixtiyor qilgan qizga köngil qöyadi, ota-ona topgan qizga uylanib, uni avaylaydi; şunga aqlini, qalbini rozi qiladi; köngil deya, nafs deya ğingşimaydi; başarti, biror pokdomon qizga köngil qöysa, uni öziga jufti halol etmoq uçun ota-onasiga hayo va hikmat ila ma’lum qilişning yölini topadi. Yiğlamsirab, ojizlik ila minğillab yurmaydi. Öğil ota-onaga xizmat va şirin söz ila quvonç baxş etib, rizoliklarini oladi. U matonat va sabotning sohibidir. Öğil şikoyatçi emas, u hal qiluvçidir. U içkilik ila özini xorlamaydi, qimor ila maşğul bölmaydi, fahş ila halokatga uçramaydi. U qarorlarida qat’iy; qanoatlidir. U jizzakilik, vaysaqilik kabi sifatlardan uzoqdir. U esini tanişi bilan kuçli böladi; reja va tartibli işlaydi; irodasini toblaydi. Öğil ilmni sevadi, ilm ahlini qadrlaydi. Ilm yölidan ketsa, çinakam olim böladi; hunar yo kasb yölidan ketsa, mahorat va baloğatda yuksaladi. U öz yölini topgunça kuraşadi, topgaç, şu yölda sobit turadi. Öğil – oilaning askaridir. Otaning işonçi va tayançi, onaning suyançi va yupançi. U ota maslahatiga amal qiladi, amriga böysunadi, onani ardoqlaydi. Çunki u – ÖĞIL.

Akrom MALIK

5 620marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    IKKINÇI BOB

    OILANING YURAGI – ONA Jannat onalar oyoği ostida. Bu haqiqatni bugun faqat farzandlar emas, onalarning özlari ham anglaşlariga ehtiyoj bor. Jannat oyoği ostida bölişi uçun ona…

    3 daqiqaMumtoz oila

    BIRINÇI BOB

    OILA HUKMDORI — OTA Uçinçi fasl Otaning oiladagi siyosati Boşlanişi: 👉 1-qism. 👉 2-qism. Oilada bir neça farzandlar örtasida adolat bölişiga ota jiddiy e'tibor beradi. Birini…

    2 daqiqaMumtoz oila

    BIRINÇI BOB

    OILA HUKMDORI — OTA Uçinçi fasl Otaning oiladagi siyosati (Boşlanişi. Davomi) Otaning öğil va qizga nisbatan yondaşuvi farqlidir. Qizga qattiq gapirmaydi, faqat yumşoq gapiradi.…

    2 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.