NASAB BILAN KIBR QILMA
Nasab, zot, nasl göyo kon kabidir. Konda tillo bölsa, ming yil ötib ham öşa tillo çiqadi. Kumuş bölsa, kumuş, temir bölsa, temir, gavhar bölsa, gavhar, kömir bölsa, kömir. Ya’ni ilm ahlidan olimlar, yölboşçilar naslidan yölboşçilar, hunmarmanddan hunarmand çiqişi öta tabiiydir.
Nasl nikoh bilan himoya qilinadi. Nikoh qörğonida tuğilgan farzand ota-onasining barça xislatlarini özida saqlaydi, avlodiga yetkazib beradi, öz amallarida bu xislatlarni namoyon etadi. Ammo nikohsiz tuğilgan bola ota-onadagi jami yomonlikni saqlaydi, kelajak avlodiga yetkazadi va öz amallari ila körsatadi.
Inson nasli bilan ğurur va kibr etişi mumkin emas. Naslni saqlaş uçun qayğurişi kerak, faxrlanişi esa axloqdan taşqari işdir. Inson öz zotidagi yaxşi fazilatlarni yuzaga çiqarişi va bu bilan boşqalarga xizmat qilişi, odamlarga yordam berişi şart. Naslidagi uluğlik bilan maqtaniş va özgalarni past köriş kibr deb ataladi. Kibr esa Allohning sifati, bu sifatga da’vo qilganlar jannat hidini hidlamaydi.
Bu haqda Söfi Olloyor hazratlarining uşbu baytlarini öqib tafakkur qilişimiz foydali böladi:
Takabbur qilmağil, ey bema’oniy, Faloniy öğlidurman deb faloniy. Agar oldingdagi qul bölsa voliy, Köngilni kiynasidin ayla xoliy. Burunği holiğa qilma nazora, Ani Tangrim aziz etsa, na çora?!
Ey bema’ni kas! «Men falon odamning öğli falonçiman» deya kibrga ketmagil. Mabodo, oldingda xizmatda yurgan xodim ertaga mansabga kötarilib, boşliq bölib qolsa, unga itoat et, «Keça xizmatkor eding, bugun hokim bölib qolibsan-da» degan gina-adovatdan köngilni xoli tut. Ilgarigi holiga qarama, balki Alloh taolo uni aziz etgan ekan, bas, bandasining bu taqdirni tan olişdan özga çorasi yöq.
Işonma otağa, qolma talabdin, Qiyomatda sörulmasdir nasabdin. Hasab favqi nasabdur, ey neku hol, Yipak töndin ötar xöb işlagan şol. Qoraça öğli xöja öğlidin kam, Mu’allam bölsa, sayyiddin ötar ham.
Otangning fazlu kamoli, topgan obrösiga işonib, ilm talabidan, solih amallar asosida yaxşi xulq hosil qilişdan quruq qolma, çunki Qiyomat kunida nasl-nasab e’tiborga olinmaydi. Ey siyrati pok inson, bilgilki, hasab (taqvo, husni xulq) nasabdan yuqori turadi, bamisoli yungdan qilinadigan şol yaxşi işlov bilan töqilsa, sifatda qimmatbaho ipak töndan ham ötib ketgani kabi. Yoxud «qoraça» ya’ni, nasabi aslzoda naslga boğlanmagan, oddiy xalq farzandi, garçi nasli «xöja» öğlidan kam sanalsa-da, qaçonki, ilm hosil qilib, ta’limli bölişi bilan xöjalarning besavod avlodidan darajasi oşadi.
(“Sabotul ojizin”dan olingan uşbu baytlar şarhi ustoz Raşid Zohid qalamiga mansub “Ravoyih ur-rayhon” kitobining 191 – 192-betidan köçirildi)
Mazkur baytlar nasli bilan maqtanib, ilm olmay, jaholat va kibrga asir bölganlar uçun yaxşi tarbiyadir. Haq taolo nazdida Allohdan qörquvçi beçoralar Allohdan qörqmaydigan kuçlilardan çandon afzaldir.

Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.