Oğriqni kuçliroq oğriq unuttiradi.
Oğriqni kuçliroq oğriq unuttiradi. Qayğuni undan ulkanroği davolaydi. Hazratim Alişer Navoiy aytganlaridek: “Ğam yöqliği asru ğamdur”. Insonni nasihat va ibratlar emas, oğriq va qayğular ulğaytiradi. Musibat singari bir murabbiy bormi yaratiqlar olamida?! Hayotimizdagi zulm katta zulm gulxanidan bir uçqun, xolos. Eng katta zulm bizga özgalar emas, özimiz qilgan zulmdir. Inson öziga özi zulm qilmagunça odamlardan zulm körmaydi. Ilohiy rahmat ilohiy ğazabdan ustundir. Özimiz uçun zulm gulxanini yoqdik, Alloh uning bir uçqunini vujudimizga tegişi uçun izn berdi. Biz bu uçqunda olam kuyib ketgandek faryod qildik. Uçqunning tegişi ogoh bölmoğimiz uçundir. Zulm gulxani esa bizdan avval jahannamga borib turadi. Nauzubillah! Insonning öziga zulmi ilohiy hadlarni buziş va ilohiy qaytariqlardan qaytmaslik bilan boşlanadi. Inson bu zulmga şu qadar çuqur şönğiydiki, zulm va azobni idrok qilişdan mahrum böladi. Farazan çetdan kelgan zulm, oğriq insonni sergak torttiradi. Uyğotadi. Inson boşiga kelayotgan zulm va oğriqlarni tekşira-tekşira silsilaning ilk halqasi öziga — niyat va amallariga qadalganini körganda lol qoladi va eng katta Ğamga uçraganini anglaydi. Va qolgan barça anduhlar kiçrayib ketadi. Şu qadarki, tilga oliş tugul, nazar solişga loyiq topmaydi.
Akrom MALIK


Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.