Til

Dunyoga bölgan muhabbat qalblarni egallab olganiga dalillar:

Dunyoga bölgan muhabbat qalblarni egallab olganiga dalillar: 1. Dam oliş bahonasida qalbning turli sayohatlarni yaxşi körişi, çet davlatlar, toğlar, dengizlar sari talpinişi hamda bu haqida imkon boriça hammaga bildiriş istagi. Normal holda dam oliş tana va ruh ehtiyojidan kelib çiqadi, majburiyat sababli sayohat rejaga kiritiladi va bu narsa riyokorlarça maqtanilmaydi. 2. Kişilar maqtovi va e’tiborga bölgan hirs – odamlar maqtaşlari va e’tibor berişlari, qoyil qolişlari uçun uriniş – dunyo muhabbati qalbga çuqur örnaşganiga dalil. Şu narsalar bölmasa, inson mahzun bölsa, xastalik oğir. Normal holda kişi öz vazifasini bir maromda bajaradi. 3. Gapirişni seviş – meni eşitsalar, bas; oğzimga qarab turişsa, bas deb gapirişning nomi valaqlaşdir. Valaqlagan inson sözlaridan közlagan ratsional maqsadni körsata olmaydi. Normal holda odam muayyan maqsadni amalga oşiriş uçun gapiradi. 4. Dunyoga oid mollar – kerak bölsa, bölmasa, maqtaniş va riyokorlik uçun libos, arava, çiroyli va obröli odamlar bilan tanişuv, raqam uçun, IQ namoyişi uçun kitob öqişga bölgan öçlik oçlikdan, dunyoga qullikdandir. Dunyoni sevmaslik, uning zanjiridan ozod böliş odamga jasorat, xotirjamlik, Haq bilan qurbat beradi. Umuman, bu masala ulkan ilmning bir tomçisi edi. Bu sözlar çin haqiqatga muhtojlar uçun, aldanib yuraman deganlarga şataloq otadigan maydon keng.

3 060marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    BEŞINÇI BOB

    JIGARLAR Jigar deb aka-uka, opa-singillarga aytiladi. Jigarning vazifasi qonni tozalab berişdan iborat, jigar işlamay qolsa, jism zahar bilan töladi. Jigar bu forsça söz,…

    3 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.