Til

Yozishdan darslar

Yozuvçilik bu noyob iste’doddir. Juda köpçilik qalam tutişi mumkin, lekin çinakam iste’dod va qabuliyat juda…

Yozuvçilik bu noyob iste’doddir. Juda köpçilik qalam tutişi mumkin, lekin çinakam iste’dod va qabuliyat juda kam insonlarda böladi. Yozuvçi uçun eng avvalo, tuğma qobiliyat, ikkinçidan çuqur ilm (adabiy-nazariy ilmlar), uçinçidan hayotiy tajriba va albatta, toza va dardli, uyğoq va bezovta, ta’sirçan va hassos qalb zarur. Tuğma qobiliyat bölmasa, havaskorlik bilan yozuvçi böliş mumkin emas. Qobiliyat kimdadir kuçli, yorqin; kimdadir zaif va xira böladi. Har kimning örni qobiliyatiga muvofiq topiladi. Iste’dodi sust kişilar iste’dod ahllariga hasad qilmasliklari lozim; iste’dod ahllari özidan quyidagilarni xor körmasinlar. Adabiy-nazariy ilm bu – yoziş uslublari, janrlar, öxşatişlar topiş qoidalarini, turli adabiy-fikriy oqimlar va şu kabilarni bilişdir. Busiz mumkin emas. Iste’dodli va ilmli yozuvçida hayot tajribasi bölmasa, ya’ni qismat oğriqlarini yetarliça çekmagan bölsa, kuraşlarda toblanmasa, turli ziddiyatlar içida pişmasa, şuningdek, bur nuqtasa xolislik va qat’iyat bilan turib bermasa, odamlarni turga jihatdan tanimasa, unga kaşf oçilmaydi. Öpkaning eng çuqur yerlaridagi nafas eşiklari oçilişi uçun odam köp va uzoq, davomli va tartibli maşqlar qilib, yugurişi zarur bölgani kabi tafakkur va tahlilning teran va yorqin porlaşi uçun yozuvçiga oğriq va azob zarur. Söz ahlining ozuqasi azob va iztirobdir. Dard çekmagan, yonmagan, kuraşmagan odam, öz qaraş va fikrlarini himoya qila olmaydigan va öz ğoyasiga köra yaşamagan odam yozuvçi bölolmaydi, u yozuvçilikni tirikçilik yölida işlatayotgan mardikordir, yozuvçilikni tiriklik deb qabul qilgan odamgina şaraf va qabuliyat qozonadi.

2 210marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.