Mumtoz oila
BEŞINÇI BOB
BEŞINÇI BOB JIGARLAR
Jigar deb aka-uka, opa-singillarga aytiladi. Jigarning vazifasi qonni tozalab berişdan iborat, jigar işlamay qolsa, jism zahar bilan töladi. Jigar bu forsça söz, özbekçada bağir deyiladi. Bağirga bosiş bu yaqinlik belgisi. Qozoqlar jigarlarini bovurim deydi, aynan bağir sözining qozoqça talaffuzi. Jigar inson jismining eng aziz va muhim a’zolaridan. Aytadilarki, jigar özini tiklaş sifatiga ega, lekin jigar xastalansa, juda ham oğriq qattiq böladi, Xudo saqlasin. Odam uçun aka-uka, opa-singil ham jigar kabidir. Inson hayoti zahardan toza bölişini istasa, jigarlari haqida qayğurişi lozim. Muhabbat ikki tomonlama bölsa, şirindir. Bir tomonning sevgisi va bir tomonning jafosi faqat azob keltiradi. Aka uka uçun ğam çeksa, uka ham akasiga qayğurişi kerak. Opa singil uçun yaxşilik istar ekan, singil ham opa uçun ezgulik tilamoği lozim. Jigarlar özaro ahil va ittifoq bölsalar, öşa oila eng baxtli oiladir, jigarlar bir-biriga duşman bölsa, öşa oila badbaxt oiladir. Jigarlar bir-birini qöllab-quvvatlasalar, olamda ular uçun qayğu qolmaydi. Döst ham, qadrdon ham aka-ukang va opa-singlingdan bölsa, eng katta saodat şu. Jigarlarning özaro mehr-u muhabbatlari qanday namoyon böladi? Jigarlar bir-birlariga sirdoş böladilar va sirlarini sotmaydilar; bir-birlarining yutuqlari uçun hasad qilmaydilar; bir-birlari uçun qilgan yaxşiliklarini minnat etmaydilar; bir-birlarining xato va kamçiliklarini döstona va çin dildan içlari kuyib aytadilar vas şu tariqa axloqlarini tuzatadilar; jigarlar bir-birini heç qaçon yolğiz taşlamaydilar – har qanday fursatda ham butun iş va foydasidan voz keçib muşkul va maşaqqatlarda birdam böladilar. Jigarlar orasida qarz degan söz bölmasa, yaxşiroq. Insonga pul yoki yordam kerak bölsa, jigarlaridan boşqaga sarğaymasa, yaxşiroq. Aka-ukasi bor odam boşqadan kömak söraşi uning aka-ukasi uçun şarmandalik hisoblansa, yaxşiroq. Opa-singlisi bor ayol boşqa ayollar bilan qadrdon va sirdoş bölmasa, yaxşiroq. Hayotda bir-birini körişga közi yöq aka-ukalarni kördik. Bir-biriga nafrat soçadigan opa-singillarni kördik. Bir-biridan uzilişib ketgan jigarlarni kördik. Bir dasturxon atrofida kulişib, çin dildan suhbat qila olmaydigan, ikki sözdan keyin yoqalaşib, janjallaşib ketadigan “jigarlarni” kördik. Bir-birining mağlubiyati va halokatini poylaydigan “jigarlarni” kördik. Öz jigarini qöyib, boşqani aziz va muhtaram tutgan “jigarlarni” kördik. Jigarini faqat puli va dunyosi uçun qadrlagan “jigarlarni” kördik. Xotinlarining fitnasiga uçib, öz jigarlarini unutgan va ular bilan begona bölgan “jigarlarni” kördik. Hayotning bu tuzoqlari tuşmaslik uçun har bir odam öz dunyoqaraşini aniq bir nuqtaga keltirib olişi talab etiladi. Akam kim? Ukam kim? Amakim kim? Toğam kim? Jiyanim kim? Opam kim? Singlim kim? Ammam kim? Xolam kim? Bölalarim kim?.. Şunda bu jigarlar men uçun eng yaqin, ang qadrdon insonlar deb xulosa qilgaç, şunga yaraşa iş böladi. Akam – suyançim, soyam. Ukam – işonganim, sodiğim, yordamçim. Amakim – otam örniga otam. Toğam – otam örniga otam. Jiyanlarim – bolamdek. Opam va singlim – mening zimmamdagi şarafim, ularga har qança yaxşilik qilsam, arziydi. Ammam va xolam – onamdek… Bölalarim – tengdoşlarim, hamkorlarim… Jigarlar bir-birini aldamasin. Jigarlar bir-biriga hasad qilmasin. Jigarlar bir-biriga oğir sözlarni aytmasin. Jigarlar bir-birini yolğiz taşlamasin. Jigarlar bir-birini ehtiyotlasin. Jigarlar öz yukini özi kötarib, jigariga öligini taşlamasin. Jigarlar bir-biriga hamişa yordamga şay tursin. Jigarlar bir-birlarini keçirsinlar! Bir-birlari uçun quvonib, taşviş çeksinlar! Eng yaxşi yordamni bir-birlariga qilsinlar! Bir-birlarining qalblariga nazar solib, tuşunmoqqa urinsinlar!
Jigarlar bir-birining axloqiga, e’tiqodiga, moddiyatiga mas’ul bölsinlar. Zotan, ilohiy kalomda aytiladiki, Kalimulloh alayhissalom: “Jigarimni menga vazir – yordamçi qilib ber!” – deb söragan. Ikki olam Sarvari sollallohu alayhi va sallam yasriblik yordamçilarining haqqiga: “Qarindoşlaringizni Xudo sizlarga yordamçi, hamkor qilsin!” – deya duo qilgan edi.
Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.