Iblisning sifatlaridan biri tuşkunligidir. Ya’ni iblis bu tuşkun va mahzundir. U Xudodan umid kesgan va…
Iblisning sifatlaridan biri tuşkunligidir. Ya’ni iblis bu tuşkun va mahzundir. U Xudodan umid kesgan va jahannamga rozi bölgan maxluq sanaladi. Menga baribir degan öy uniki. Aynan iblis yöldan urgan odamda tuşkunlik va badbinlik ğolib keladi. Tuşkun odam ertadan yoruğlik körmaydi. Barça hodisalardan faqat fojia va azob axtaradi. Nekbin odam esa doimo osonlik va şodlik, farah va nişot ustidadir. Insonning tuşkun emas, kötarinki bölişi Xudoga yoqadi. Podşohga undan umidvorlar yoqadi, umid kesganlar emas. Har qanday holatdan qanday qilib yaxşilik topsak böladi? Kasallik kelsa, duo qiliş uçun şaroit tuğilganidan xursand böliş mumkin, çunki bemorning duosi qabul. Tobelarning itoatsizligi sodir bölsa, bundan qalb ozorlansa, gunohlar kafforati haqida öylasa böladi. Yaqinlar, döstlar tark etsa, xiyonat qilsa, ularning asli oçilganidan, xoinlarni bağirga bosişdan qutulganidan inson şukur qilsa, arziydi; şuningdek, ulardan nafratlanmay, ilgari va hozir tanimayotgan millionlagan odamlar içiga qöşib yuboriş kerak – bunday odam menga begona degan fikrga keliş va eslamaslik, mutlaq unutiş lozim. Rizqdan muammo his qilsa, rizqqa Xudoyim kafil deya astoydil duo qilib, yöl körsat deb yolvoriş lozim. Odatda, befarosatlar, razillar va johillarga duç keliş mumkin, ularni ğiybat qilmaslik, balki ulardan uzoq turiş ila özni saqlaş va ularga rahmat nazari ila qaraş kerak. Odam özini birovlardan baland qöymasa, xotirjam yaşaydi. Boradigan manzilini eslab tursa, tinç yuradi. Asosiysi, köp gapirişdan özini tiysa, hayoti juda ham osoyişta keçadi. Inson balki kabira gunohlar qilgandir. Ularni eslasa, dunyo köziga qoronğu bölar — darhol istiğfor va tavba qiliş hamda şu onda qalbining içidan bu sözlarni aytiş yaxşi, ruh yengil tortadi, xatolar toş kabi zulmat botqoğiga çöktirmaydi. Hayotda hammasi oson; ijtimoiy qarmoqda biz odamlarning bir onini köramiz, ular ham ğam çekadi; ularda ham oğriqlar köp; ularning tomoşalari, diqqat qilinsa, juda kulguli. Xilvatda halol rizq bilan sodiq insonlar ila halovat tuyib yaşaş gözal. Çuqur daryo kabi xotirjamlik ulkan qudrat beradi, men xotirjamman deb maqtanmaslik ijobiy belgi. Insonlarga, hayvonlarga rahmat közi bilan boqiş; johillar ozorini qalbga kiritmaslik; qalbi qotganlar davrasidan uzoqqa qoçiş; kişilarni malomat qilmaslik sakiynat kaliti. Heç kimga yopişib olmagan yutadi — istagan qolsin, istamagan ketsin. Qolganlarga ğamxör böl, ketganlarni unutişga intil. Hayot juda ham yaxşi, yaşaş juda ma’qul iş. Olamda gunoh köpaydi deb taşviş qilgan özini önglasin, gunohlardan saqlansin, Xudoga yiğlab tazarru aylasin, şu kifoya. Xalqning haqqiga duo qiliş, xayr amallarni iddao qilmaslik, men, men, men deya özini körsatmaslik çiroyli tarz. Darvoqe, iş-iş-iş deb qul bölmagan hurdir. Hur, ozod odam kunning bir qismida işlaydi, bir qismida dam oladi, bir qismida ibodat qiladi. Işdan murod şunçaki, rizq sababini qilişdir, iş deb kimgadir yoki işning öziga qul böliş emas. Insonlar bizga e’tibor qilmasa, nima? Majbur emas. Yordam bermasa, nima? Majbur emas. Biz e’tibor qilsak, yordam bersak, yetarli. Hayotdan ta’lim olmagan va ta’limga muhtojlik sezmagan kasga nasihat — kar quloqqa tanbur çertiş-ku. Hammamizga nekbinlik, kengfe’llik, tabassum, muhabbat yor bölsin! Juma muborak, azizlarim!
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.