Bu olamning işi qiziq.
Bu olamning işi qiziq. Aytiladiki, nifoqning sanalgan alomatlari törttaga yetadi: 1. Gapirsa, yolğon gapiriş. 2. Va’da bersa, bajarmaslik. 3. Omonatga xiyonat qiliş. 4. Kelişolmay qolsa, fojirlik qiliş (sökiniş, tahqirlaş). Nifoq dil va tilning boşqa-boşqa bölişidir. Tilda iymonliman deya dilda unga işonmaslik. Ayrimlar obröli, taniqli yoki ilmli odamlar bilan yaqin muloqotda böladi. Ular bilan ba’zan (baxtga qarşi) moliyaviy hamkorlik qiladilar. Ammo ilm ahlida pul nima qilsin? Bor xayoli ilmda bölganning pulni pulga urib, pul qilişga vaqti bormi? Qolaversa, ba’zan kutilgan natija bölmay qoladi, sababi insonga boğliq emas. Bu birinçi holat. Ikkinçi holat şulki, ilm ahlidan ham insoniy xatolar sodir böladi: örinli-örinsiz ğazab; dangasalik; hissiyotga beriliş… Bunga uzoqda, taşqarida yurganlar emas, yonida yaqin bölganlar guvoh böladilar, tabiiy. Keyin ulardan ikki işdan biri sodir böladi, uçinçisi yöq. Birinçi iş şulki, sabr qilib, ilm ahlini malollantirmay, pul masalasida bezovta qilmaslik, balki boşqa tomondan masalani hal qilişga uriniş; olimning xatolarini olamga yoymay, afv etiş, albatta, olimning tavbasi va istiğfori borligiga işoniş, ixlosda nuqson qilmaslik; bu mardona iş oliynasab, tarbiyali, pokiza zotlarga xosdir. Ikkinçi iş şulki, olimdan pulni tinimsiz söraş; şuning bahonasi ila uni hurmatsiz qiliş; eplasa, qilmaydimi kabi malomatlar yoğdiriş; guvohi bölgan qusurlari haqida hamma yoqda ğiybat qiliş — bu işni zoti past, aqlsiz va avom toifasi qiladilar. Bunday tubanlik uçun avom va pastkaşlarni ayblaş örinsiz, çunki ular bundan boşqa iş qila olişmaydi – paşşaning işi oqqa qora, qoraga oq qilib axlat taşlaş hisoblanadi, zotan. Ilm ahllari özlariga ziyrak bölişlari, nomunosiblarni yaqin körmasliklari, har bir işni öylab bajarişlari kerak. Umuman olganda, insonlarning obrösiga tajovuz qiliş razil tabiatli kimsalarga xosdir.
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.