ERGA ITOAT VA SADOQAT AYOLGA BAXT KELTIRADI
Oilada er rahbar bölmasa, öğillar qiztabiat, qizlar erkakşoda ösadi. Oila mayda muammolarga öralaşadi. U oiladan yetuk şaxsiyatlar çiqmaydi. Çunki kuçli va hurmatlangan er öğillarga ibratdir, qizlarga puştipanohdir. Xotin hokim bölgan oila jamiyatda obröli sanalmaydi. Oilada xotin erning köngliga qarasin. Itoatni komil suvratda körsatsin. Erning illatlarini içida ham muhokama etmasin. Erga qovoq solişdan hayo qilsin. Erning kayfiyatini tuşirişdan qörqsin. Erning kayfiyati oilaning kayfiyatini belgilab bersin. Şu oilada tartib va baraka, şa’n va şaraf topiladi. Agar xotinning ovozi baland kötarilsa, erning holati xotinni qiziqtirmasa, er xotin uçun çöntak yo xizmatkor maqomida bölsa, erning sözini yerda qoldirişdan, könglini sovutişdan xotin hayiqmasa, bu oilada yaxşilik va xayr yöqdir. Ey ayollar! Erlaringizni qadrlang. Boşingizga kötaring. Tahqirlamang. Erkaklar aksar ayollardek maydagap yoki kuduratçi bölmaydi, ozgina tabassum va şirinsözingiz qarşisida sizni afv etadi. Şunçaki, xatolaringiz uçun keçirim söraşni va erni er bilib unga samimiy boş egişni biling. Oilalardagi barça balolar xotinning kibriyu besabrligi va erdan uzr söray olmasligidan kelmoqda.
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.