Til

ULUĞLARGA XATOLARINI AYTIŞ QANÇALIK TÖĞRI?

Yangi deya atalayotgan zamonda söz erkinligi atalgan bir afyun jamiyatlarga içirildi. U erkinlikka köra, har kim oğziga kelganini aytiş adabsizligini qölga kiritdi.

Istibdodning yangi qiyofasi söz erkinligi suratiga kirdi. “Har kim nafsi buyurganini aytsin, bu adolat tamalidir!” degan tayinsiz qoidaning maqsadi juda qörqinçli edi. Ya’ni hur diyorlarni bosib oliş qasdi ila u yerdagi xalqlarni öz davlatlariga qarşi oyoqlantiriş uçun bu qoida bir vosita qilib olindi. Avval odamlar erking böğilyapti deya işontirildi. Söng podşohlar zolim deb taniştirildi. Erkin söz afyuni yedirildi. Mast bölgan olomon özining tepasida turgan panohga bolta kötardi.

Biz “Gapirsang, yaxşi gapni gapir. Yöqsa, jim tur!” – amrini olganmiz.

Bugun uluğlarga ularning xatolarini aytiş jasorat deya tasbit etilmoqda. Bu yerda bir qança nozik jihatlar bor: 1. Sen uluğ insonga sapçişga qançalik haqlisan? Bu işni qilişing hadsizlikdir. 2. Uluğlar qoşida sukut va xizmat yoşlarning işidir. 3. Uluğlar qilayotgan iş hikmatini anglaşga ilm, tajriba va basiyrating hali ojiz. Qaçonki ularning masnadiga çiqsang, hammasini anglaysan. Unga qadar sabr qil. Sabr bilan heç narsa yöqotmaysan.

Uluğlar kim? Avvalo, asolat sohiblari, ya’ni aslzoda nasabdan bölgan sayyidlar, olimlar, amirlar, işboşilar, rahbarlar; ustozlar, otalar, akalar. Ulardan nasihat oliş, qadrlaş, itoat etiş kerak. Nuqson sodir bölsa, haqlariga isloh uçun duo qiliş va kutiş lozim. Toki parda kötarilmasin. Adab va hayoga putur yetmasin.

Agar kiçik kiçikligini bilmasa, katta kattaligini unutsa, boşlar oyoq, oyoqlar boş böladi, ot va it izi aralaşadi, tartib yöqoladi. Ilm va hikmat ahli poygakka tuşadi, jahl va razl ahli törga çiqadi – adolat ğoyib, zulm ğolib böladi.

3 600marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    NASAB BILAN KIBR QILMA

    Nasab, zot, nasl göyo kon kabidir. Konda tillo bölsa, ming yil ötib ham öşa tillo çiqadi. Kumuş bölsa, kumuş, temir bölsa, temir, gavhar bölsa, gavhar, kömir bölsa, kömir. Ya’ni…

    2 daqiqa

    Ujb insonning öziga oşiqligidir.

    Hubbuz zuhur özini zuhur etmakni sevmakdir. Bu hol insonni Allohdan tösadi. Allohdan tösilsang, ne hojat as’asa-yu dabdabalarga? Avval ilm, söng hilm hosil et. Qol, hol va solga…

    1 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.