Til

Hikmat

Kimdir xatoyingdan xabar bersa gar,

Kimdir xatoyingdan xabar bersa gar,Ranjima, eng avval Xudoga hamd ayt!Sözlagan inson ham bölgay mötabar,Senga nuqsoningni ayon etgan payt.Çunki Senga şafqat körsatib Xudo,Bandaning tilidan yetkazdi haqni.Endi bu rahmatdan özingni judoAylab, unutma bu gözal saboqni.Oğriq qiynar ekan jismu joningni,Tabibning söziga bölgaysan ilhaq.Oğritmay taningni, tökmay qoningniYomon xulq aylagay bir kuni halok.Nahot yomon xulqdan, yomon fe’lingdanOgoh etgan zotdan ranjiding, ey döst?!Xalos bölib makkor nafsning qölidanQalbga ayla qadam ranjiyda, ey döst.Jahlu ğazab tölgan olamdan qöpib,Bir kun nurlar töla qalbga kelgaysan.Va kim közgu tutsa, boşidan öpib,Uluğim, murşidim, pirim degaysan.Akrom MALIK

4 520marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.