Iymon
Çumoliday haqir xilqatman. E voh,
Çumoliday haqir xilqatman. E voh,Çumolini haqir dedimmi, keçir...Qanday ğofilmanki, yöl boşdan, Alloh,Bir haqir bölmagan edimmi, keçir!..Yöl bosib boryapman çumoli kabi,Koinot içida ğaribdan ğarib.Lutfingga zor erur qaqragan labim,Çeksiz sahrodaman Seni axtarib...Erta huzuringga borarman kirib,Safarning zulmidan xor-u sargardon.Bu qadar notavon qulingni körib,Rahmat ila nazar solgil öşal on...Yöqsa, yana qayga ketaman, axir,Kimning oyoğiga uraman boşim?!Peşonasi şör-u, komi talx – taxir,Quling gunoh içra tökmoqda yoşin...Akrom MALIK

Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.