Hikmat
Eski kitoblar bu, möysafid xatlar,
Eski kitoblar bu, möysafid xatlar,Beş yoki oltita yuz yildir yoşi.Sirli mavjlanadi sohir san’atlar,Siyohi bobolar qalbin közyoşi.Eski kitoblar bu ötmişning ruhi,Balki kelajakka yoqilgan çaroğ.Haybat, hayqiriğ-u, dardning şukuhi,Şaytonlarga qarşi sermalgan yaroğ.Ötmiş kitoblar bu bugunning aqliYeta olmas qadar purviqor osmon.Uni ökimoqqa bölgaydir haqliHayot tilsimiga intiqqan inson,Hayot tilsimini oçmoq istasang,Asrlar qatidan varaqla kitob.Va körgaysan başar köksidagi sangNaqadar iztirob, naqadar azob!Va körgaysan kördir bugun odamzod,Haqni yolğon deya aylaygay tasbit.Yolğonga majnundek oşiqdir, hayhot,Har kim öz nafsini etmiş mustabid.Va körgaysan dunyo ulkan bir tuzoq,Har gul-u lolasi maqtullar qoni.Har kim qoçib borar manzildan uzoq,Qalblar ğaflat degan zulmatning koni.Eski kitoblarda pinhona emişBaxtu saodatning kaliti, valloh!Ammo unga hamma begona emiş,Körinmasmiş Haqqa heç kas xayrixoh!..Akrom MALIK

Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.