Hikmat
Har kuni yangi tong otganda qadam
Har kuni yangi tong otganda qadamIçidagi eski odamni osdi.Özidan bezidi, özidan har damQoçib, yaxşi bölay deb qadam bosdi.Lekin yaxşilikka yetişolmay heç,Faqat yomonligin qilaverdi kaşf.Şunday ğamlar içra bu noçor darveşUmrini ayladi nadomatga sarf.Şu xulosa böldi – u anglab yetgan:Inson adaşgaydir, qilgaydir xato.Heç bir haqiqatni anglamas ekanOdam özi bilan uçraşgunça to.Şul bois haqiqat, haqiqat deyaTört tomonga hurib çopavermagil.Quloq eşitganni atrofga yoya,Duç kelgan odamni qopavermagil.Haqni izladim deb tödaga erib,Hamma baqirgandek baqirma, beor.Haqiqat özingga berkingan erur,Uni taşqaridan izlamoq bekor!Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.