Til

Sabr

Şu qadar soddasan, şu qadar nodon,

Şu qadar soddasan, şu qadar nodon,Hatto, bu dunyodan döst izlaysan sen!Umring ötaverar közyoşli, nolon,Işqu vafo deya ne sözlaysan sen?!Bilding, bu olamning ravişi şunday:Yolğizlik tamğasi peşonangdadir.Özing yaxşi bilgan haq ravşan kunday –Qayğuning Vatani ostonangdadir.Holingga boqsam gar, keladi rahmim,Şu qadar ojizsan – nafsingga zabun.Qalbingdagi ötni işq deydi fahming,Kul qilib sovurdi seni kundan kun.Dunyoga siğmaysan, çekasan faryod,Ohing qonga singar bamisli tutun.Qadding tik, çehrangda hammasi obod,Içkaring tökilgan, taşqaring butun.Şikasta holingga rahm aylasin Robb,Oxirgi uyingni etsin yop-yoruğ.Jahannamga taşlab bermasin azob,Rahmatini sendan tutmasin dariğ.Akrom MALIK

4 070marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.