Iymon
Işonma holingga, ey ğarib inson,
Işonma holingga, ey ğarib inson,Maqomingga noxos suyanmagaysan.Toki sinov kelsa boşga nogahon,Yuzing şuvut bölib uyalmagaysan!Qalbing ibodatdan huzurlar tuysa,Nafsing tavba içra yonsayu kuysa,Nadomat xanjardek köksingni öysa,Yetişdim Haqqa deb öylamagaysan!Qoplab olsa agar aqlingni ğazab,Şayton gunohlarni körsatsa bezab,Qalblar imoratin beayov buzib,Özni baxtsizlikka taşlamagaysan!Ozor yetsa döstu duşmandan nogoh,Çiqsa agar yöldan kimdir qazgan çoh,Eng avval özingdan bölgaysan ogoh –Dilni zimistonga boşlamagaysan!Olamning osti – suv, ustiga bir boq –Ustunsiz bir tomu, ilgaksiz çiroq,Hatto qözğalişga şay har qanday toğ,Aslo sabotingga inonmagaysan!Yöl uzoq biz uçun, yöldoş kerakdir,Har dam titrayotgan noçor yurakdir...Istiğor hamrohu, tavba tirgakdir,Hamrohu tirgakdan heç yonmagaysan!26. 08. 2024.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.