Hayot
XASBI HOL
Yodimda – bir damlar şe’rlar yozardim,Söz izlaş va yonma-yon teriş edi u.Xayol zulmatida nolon kezardim,Ulğayib, dardlangaç, eriş endi bu.Derdimki içimda, gözal baytlarimTillardan tillarga köçsa sevilib.Bölmasa-da tuzuk biror aytarim,Özimni hakimdek tutdim kerilib.Vaqt toşi köksim ezarkan sekin,Böğzimdan öqçitib saçrab çiqdi qon.Şe’rga iştiyoqim sönsa-da lekinĞamlarni sözlarga tizib çiqdi jon.Bir damlar sut kabi pok bölgan öylar,Bir damlar tong kabi yoruğ bölgan nom,Bir damlar nasimdek yoqimli kuylar...Barisin birma-bir quçaverdi şom.Orzular içiga kirib keldi öç,Nomning yuzlariga saçradi köp doğ.Kuylarni kuydirib yutib ketdi iç,Içda öçib qoldi minglarça çiroğ.Döst deya bilganim ranjidi nogoh,Hatto hilpiratdi yovlik yalovin.Uruğdek berkingan hasadmidi, voh,Muğilondek ösdi, tikan – yaproği.Vaqt toşi vujudim ezgani sayinÖpkamga tölmoqda bora-bora qon.Uni böşatmasam, ölmoğim tayin –Çun yaşaş istaydi xasta jon hamon.Şul bois qölimga qalamni oldim,Şul bois oçdim bu yangi daftarni.Sözlar ölkasiga yana yöl soldim,Birma-bir suğurib tildan niştarni.Xumul tuproğida bu mungliğ köngilIstar izhor etmoq mungu qayğusin.Balki yaşamoği sal bölgay yengilTökib soçsa yölga mangu qayğusin.Dardni söylaş uçun bir tinglarmon yöq,Ğamni bölişmoqqa yöq yoru dilxoh.Har kimning köksida kami bitta öq,Eng yaqin döstidan otilgan bexos.Şul bois yagona sirdoşdir qoğoz,Eng çaqqon xizmatçi fidokor qalam.Yukimni beminnat kötaradi söz,Xoh quvonç bölsin u, xoh aççiq alam.Balki izlasam gar astoydil tinmayBiror dardkaş çiqar inson zotidan.Ammo istiholam bordirki şunday –Uni ham bezdirmay öz hayotidan.Siz ham, ey öquvçim, afuv etingizBizning hamrohimiz ğamdir bardavom.Gar sözim öqişni istasangiz siz,Xuş keldingiz dardga, alaykum salom!5 mart, 2024 yil.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.