Til

Hayot

Heç kimsaga bölmasang qaram,

Heç kimsaga bölmasang qaram,Biror kasdan kutmasang karam,Fikratingda erk porlab tursa,Öz uyingda özing muhtaram.Bir söz aytgaç, tuymasang qörquv,Öngu tuşda quvmasa qörquv,Haqiqatni oşkor aylagaç,Kişan içra çekmasang yohu!..Jon-jahding-la çekib mehnat-ranj,Halol yölda topganingda ganj,Qaroqçidan emin bölsangu,His etmasang boşingda iskanj.Hurriyatning namoyişi şu,Hur hayotning oroyişi şu.Lekin erkning bir poyasi bor,Ikki dunyo baxş etar yoğdu.Iymoningdan kaşf etib qanot,Hirs, ta’madan topsangu najot,Halovatin yöqotgan qalbniNafs qölidan aylasang ozod!Şayton şarri tekkan neki bor,Pok qilsangu, qolmasa ğubor,Bu Rahmoniy Hurriyatdir çin,Unda xorlik bölmagay zinhor!2020 yil, 21 avgustAkrom MALIK

2 210marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.