Til

Iymon

Ötgan oriflardan qolgan naql bu:

Ötgan oriflardan qolgan naql bu:Jism samo bölsa, köngildir quyoş.Goho undan mutlaq ğoyibdir yoğdu,Goho titranadi göyo tomçi yoş.Gar tilda porlasa köngil sirlari,Qanday maftun etar bu kaşfi ahsan!Dillarga tökilib hikmat durlari,Mustağniy aylagay ul nuri maxzan.Köngilda yöğini sayragan kaslarDardu ğamdan yiroq muqallid, xolos.Işqqa yöğrilmagan sovuq nafaslarHijrondan oşiqni etmagay xalos!Köngilda xuş kaşfu, tilda gözal söz,Ham işing ul ikki holga muvofiq,Demak, angla, senda sidq oçmişdir köz,Sening maqomingdir Siddiqu Sodiq.Evohki, qaydadir bu yuksak maqom,Köngillar zulmatda, tillarda hasrat.Har qança ziynatli bölsa ham kalom,Amallar fasoddir, fasoddir faqat.Bugun sidqdan ayro ummatmiz, hayhot,Ne ofat içramiz - emasmiz ogoh.Nahot, sidqu ixlos kömildi, nahot,Ashobingiz ila, yo Rasululloh!2020 yil, 23 avgustAkrom MALIK

2 710marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    XASBI HOL

    Yodimda – bir damlar şe’rlar yozardim, Söz izlaş va yonma-yon teriş edi u.

    Hayot

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.