Til

Hikmat

Har kim iş aylagay öz zotiga mos,

Har kim iş aylagay öz zotiga mos,Buzilmas azalning bu adolati:Kitobni sevmoqlik – podşohlarga xos,Kitobdan qoçmoqlik – qullar odati.Manglayga yozilgay odam keçmişi,Insonning amali xulqidan bölgay:Kitobni e’zozlaş – ilm ahlin işi,Kitobni xorlamoq – johildan kelgay.Anglaysan: yoşing ham ötgani sariBalki manziling qirq, balki ellikdir:Kitob öqimoqdir ulğaymoq siri,Kitobdan yuz burmoq – bolafe’llikdir.Har neni vujudga kiritmas inson,Har sözni söz deya sözlamas dono:Kitob farqlamoqni örganganing onIrfonga xuş kelding, ey döst, marhabo!Akrom MALIK

14 400marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Kutma!

    Kutgan sari vaqting ötmaydi, Qalb sirin anglamas kasga qalb oçma.

    Sevgi

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.