Hayot
Öljasini uzoq çaynaydigan böridek
Öljasini uzoq çaynaydigan böridekMeni uzoq çaynab hazm etmoqçidek qayğu.Içidan qora dud qaynaydigan möridekZulmatda men bilan bazm etmoqçidek qayğu.Közyoş tör taşladi qabr kabi közimga,Liq-liq suv keldi diydamning özaniga.Suyanolmay qoldim dono-dono sözimga,Sekin-sekin naqş bosdim sabr degan sözanaga.Öz holimning holin asta aylasam idrok,Çökib ketgudekman ğamning çuqur qa’riga.Anduh tiği oxir meni qilmasdan halok,Qoçdim Alloh deya imkon qadar nariga.Bu oğir yuk bosib tuşunganim şul böldi:Ruhning jarohati oğir keçgay begumon.Bir katta quduqdek içim faryodga töldi,Sizlarni his etdim, ey ahli dard, bağri qon.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.