Sevgi
Kutma!
Kutma!Kutgan sari vaqting ötmaydi,Qalb sirin anglamas kasga qalb oçma.Bu yaralar eski, endi bitmaydi,Azoblar döstingdir, ulardan qoçma.Şunçaki, rozi böl – tuproqsan, tamom,Kimdandir muhabbat aylama tama’.Oşiqning oğriği uyğoqdir mudom,Ayt, sevmoqqa jur’at aylarmi hamma?!Senga neça aytdim, ey telba köngil,Har qanday holda ham yeçmagaysan zirh!Endi bu körgilik! Xorliging körgil,Joning töxtamasdan oğriydi zirq-zirq.Junun-la mahzunsan, ey xasta, majnun,Işq deya olamga şarmanda bölding.Holingdan ğanimlar şodonu mamnun,Qadahdek limmo-lim qayğuga tölding.Sevganing sevgingdan bezordir bezor,Sen unga talpinding, u ketgay uzoq.Neçun öz joningga bunçalar ozor,Kim aytdi: “Özingni alangada yoq!”Kutma!Kutgan sari lahzalar oğir,Toş boylab oyoqqa soatlar yurmas.Faqat köngilmi u, simillab oğrir,Yorning çehrasidan boşqani körmas…Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.