Sevgi
Sevgining şaklidan xabaring bormi?
Sevgining şaklidan xabaring bormi?Rangi qanday bölar? Suvrati qanday?Sevgan har lahzada ming marta ölar,Ming marta tirilar, masalan, menday.Şaffof bölsa kerak sevgining rangi,Çunki pokizalik ramzidir şaffof.Sevgining yarasi har damda yangi,Hamda unda yöqdir vafoyu insof.Çunki oşiq zotning közyoşin içib,Yana ham barq urar sevgi daraxti.Savdoyi özining savdosin keçib,Erur bu olamning behuş, karaxti.Sevgi aççiq sözga evrilar goho,Arazlar zimnidan goh tutar makon.Sevgining ajralmas dösti – ajdaho,Boşqa otlari bor – ayriliq, hijron.Hijronning işidir yoqiş, kuydiriş,Balki kuyganlarni kul aylamoq, bas.Taningga yöqlikdan libos kiydiriş,Ustingdan kulingni soçmoq şu nafas.Sevgi maqsad sari yagona yöldir,Sevmagan manzildan bağoyat uzoq.Kim hali xom erur, pişmagan quldir,Sevgi otaşidan istar qolsa soğ.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.