Hayot
Roziman. Tiriklay ölmoqlik şuldir –
Roziman. Tiriklay ölmoqlik şuldir –Jon bermoq azobli keçdi, netayin?..Xudoyim, qulingni qiynamay öldir,Manzilga azobsiz, yengil yetayin.Avval söz tiğini sançdilar çuqurXuddi tiğ sermagandek malakul mavt.Butkul kötarildi hayotdan huzur,Röyoyu riyolar darhol böldi favt.Keyin kömgan kabi qaro qabrgaBirma-bir etdilar yoru döstlar tark.Bir-birlarin çorlab balki sabrga,Sözlardan qurmişlar balki qasru ark.Qöllarida bizdan qolgan meros bor,Ikki dunyo undan keçib bölmas voz.Sal ötib bölgaylar bizsiz baxtiyor,Sal ötib eskirar arzu e’tiroz.Biz esa tirildik boşqa olamda,Ammo sizga yopiq eşigi uning.Bir kuni qolganda nomsiz alamda,Eslarsiz noiloj biz ölgan kunni!..Ammo unutmangki, haq sobit mudom,Ba’zan qotillarga jazo kelgay keç.Endi Sizga madad yetmoği mahol,Ruhimiz qoşiga kelib yurmang heç.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.