Sabr
Notavonu zaif beçora zotga
Notavonu zaif beçora zotgaTuhmat toşin otdi mardumi habis.Ul şörlik çidolmay oru uyotga,Uzoq vaqt yiğladi bu zulm bois.Duşman yo xoinlar odatda, mudomXanjar urmoq uçun poylab yotar payt.Döstlar ham yoğiyga evrilib tamom,Eşikni yopdilar xorlab paydar-pay.Mazlum qon yiğladi joni çiqqudek,Hatto yaşaş uçun izladi çora.Ajaldan aççiqroq toğdek qayğudanBalki qalbi böldi porayu pora.Xudoga yuzlandi: “Tavbalar qildim,Tavbamni qabul et, özing Xudoyim!..Böhton toşlariga qoqildim,Albat, sabab bunga jurmu xatoyim…Tuhmat etgan kasga qanday sözim bor?..Rahmatingga, Robbim, qildim havola.Özing böl har damda döstu madadkor,Böğzimga siğmaylar qoldi dod, nola.Yaxşiki, böhtonga böldim nişona –Qilmagan işimni qildi dedilar.Toşdan bölsin, Tangrim, bu şör peşona,Döstlarim tiriklay yedilar.Aslida, gunohlar qilib pinhona,Yurgandan suv uzra olmadek qalqibOşkora tuhmat-la bölib afsona,Bu qadar bözlamoq yaxşiroq balki”.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.