Til

Iymon

Kimdir senga izhor aylasa nafrat,

Kimdir senga izhor aylasa nafrat,Yoki otib qolsa tuhmat toşini.Men pokman demagil aybjöga qarab,Ezişga şoşilma uning boşini.Çunki qimirlamas daraxtning uçiBaşarti nogahon esmasa şamol.Gunohing çiqmasa xamirdek köpçib,Miş-miş qanday kezgay tilda bemalol?!Bandaga oqlama özingni, banda,Haq seni poklasin, Xudoga yuzlan.Gar satr istasang, bölma şarmanda –Qaçon toygan eding, xotirla, esla.To ulus köziga bölgunça oşkor,Gunohing pinhona otmişdir ildiz.Ahvolingdan ogoh bölmading zinhor,Turfa tuhmatlarga yöliqding ilkis.Endi Haqqa yiğla, kuyib nola qil,Tavba ato etsin, tavbadir najot.Tavbaga öranib olmasang butkul,Qutulmassan aslo, abadiy, hayhot.Robbim, Sen bilursan sirru ayonim,Şarmanda qulingni xorliqdan qutqar.Tavba ber, tavba ber, ey Mehribonim,Umrimning yölidan bexatar ötkar...Akrom MALIK
Kimdir senga izhor aylasa nafrat, — rasm

4 890marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Odam yaratganda Xalloqi olam

    Fariştalar ğoyat böldilar hayron. “Sizlar bilmaganni bilurman mutlaq”, –

    Iymon

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.