Til

Hikmat

Olam öz yölida yurmoği uçun

Olam öz yölida yurmoği uçunHar zarra örnida turmoği kerak.Odamning baxti ham bölgali butunQuloq eşitib, köz körmoği kerak.Ya’ni quloq körib, köz tinglay desa,Qöl oyoqman deya aylasa isyon,Oyoqlar boş bölib, boşingga kelsa,Boşlar oyoq bölsa, xorlikdir çunon!..Şunday qabohatki, buzilmiş aql,Ilohiy hukmga yetmiş tağayyur!Şul bois eskidan qolgandir naql:“Öz haddingni angla, öz haddingda yur!”Agar aql öz işin qilmasa udda,Demak, böysunmasa aqlga vujud,Tananing işlari buzilgay juda,Endi zanjir bölgay munosib hudud.Agar böysunmasa podşohiga el,Agar ojiz qolsa, qullardan podşoh,Elning ham, şohning ham söngi şuldir, bil,Heç kim qutqarolmas, ey ahli ogoh!Agar vovullasa xotin it kabi,Oyoqosti qolsa, er ehtiromi,Demak, hosil böldi şayton matlabi,Demak, mayga töldi iblisning jomi.Uyning hukmdori er erur beşak,Uyning xöjayini uy aqli erur.Xotin öz şohiga keltirarkan şak,Demak, aql işiga yetmoqda putur.Hamma öz örnida, joyida qolsin,Poygaklik poygakda, töralar törda.Olamdan ilohiy nizom yöqolsa,Har ne tugab bitgay, yiqilgay görga.Nojoiz işlarni qilmasin ulus,Nasllar pok bölsin, unsinu össin.Boğbon boği omon qolmoği uçunIsyonkor şoxlarni butasin, kessin.Akrom MALIK

3 140marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.