Iymon
Odam yaratganda Xalloqi olam
Odam yaratganda Xalloqi olamFariştalar ğoyat böldilar hayron.“Sizlar bilmaganni bilurman mutlaq”, –Dedi Haq: “Amrimdan bölmang parişon!”Odamga sajda qil deganda XudoSajdaga yiqildi barça maloyik.Lek iblis uluğlik qilgança da’vo,Odamni sajdaga körmadi loyiq.Böyniga ilindi la’nat halqasi,Inoyati Haqdan quvildi badar.Kimning kibr bilan bor aloqasi,Bölgaymi ahvoli bundan ham battar?!Şunda Haq dediki: “Ey ahli malak,Sizlar bilmaganni bilurman dedim”.Fariştalar aytdi: “Afv et bizni, Haq!”Zotan, iblis kibri pinhona edi.Ming yillar nafs içra yaşirilgan sirOşkor böldi Odam yaralgan sabab.Şul bois, anglagil, bandai haqir,Sirlar boş kötargay tumanlar tarqab.Sen ham pokla mudom qalbingni, ey kas,Şubhayu gumonni çetga uloqtir.Bir kuni haqiqat berganida sas,Oppoq bölib çiqsin qalbingdagi sir.To yaşar ekansan iştibohga qul,To inonç içingda emas mustahkamKufrning zulmati yoyganda kokil,Boy berib qöygaysan gavharingni ham.Toki bölmas ekan inonçing komil,Içingda bor ekan jindakkina kirTuhmat daraxtlari tugganda hosil,Yeb qöyib, ğaflatga tuşgaysan asir.To içingda yotgay şubha uruği,Nogoh böhton suvi unga yetgaydir –Şaytoning kötarib ğalaba tuğin,Şubhang daraxt bölib ösib ketgaydir.Közlaring kör bölgay, quloqlaring kar,Içingni töldirgay tutunli havo.Inonçing joniga solgança xatar,Şubhang seni haqdan qilgay mosuvo.Akrom MALIK

Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.