Iymon
Qança umring bor deya özimga savol qildim,
Qança umring bor deya özimga savol qildim,Biror taxmin aytmoqni aqlimga mahol bildim.Uyğon deya tanamni turtdim, koşki, köz oçsa,Qalbim Haq döst Hu deya har lahzada söz oçsa!..Qaçon boqsam holimga topdim ğaflat çohida,Uyğongandek seskanib, titrab qolar gohida…Yalangoyoq, yalangtöş tikanzordan yuryapman,Son-sanoqsiz tikanni tovonimdan teryapman.Eson-omon ötmoqni maşaqqat xayol qildim,Dilda kudurat tuxmin saqlaşni malol bildim.Ey bizni xato anglab, xato tuşungan zotlar,Ğam çeksak yo suyungan, yoxud kuyungan zotlar!Bilibmi, bilmasdanmi, yetkazdingiz ozorlar,Quvonç öligin yedi qayğu degan mozorlar.Sizdan ötgan ne bölsa, xoh uzr deng, xoh demang,Ammo men yedim yetar, sizlar aslo ğam yemang.Hammangizga haqqimni halol qildim, oş bölsin,Ğiybatu hasratingiz qöldan ketgan toş bölsin.Umidim borki, kimdir, ya’ni men oğritganlar,Aççiq sözu xatoyim könglini sovutganlarMenga ham sadqa etsa afvu marhamatini,Xudoyimdan sörasak, bizlarga rahmatini!..Xudoyimning bu holdan karam dengizi jöşsa,Mağfirat tölqinlari yetti falakdan oşsa!Bizga ham bitta zarra tegib ketsa, ne ajab,Şunday umidda dilga ne kerak azob qadab?!Zaifu notavonmiz, xastayu nogironmiz,Bir oğriq kelsa nogoh, şifoga nigoronmiz.Özimizdek bandaga araz saqlamoq nedir?Robbimning marhamati hamma narsadan kengdir!Xudoyim, qalbimizni jannatingdek keng ayla,Bizni tavbakor zotlar qatorida teng ayla.Biz böldik jonimizga zulmkoru jafokor,Özing rahmat tomçisin biz qullarga ravo kör!Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.