Til

Hikmat

Rost va yolğon aro devor bor, biroq

Rost va yolğon aro devor bor, biroqBu devor hariru, şaffofu mayin.Yolğondan umrbod turmasang yiroq,Rostning sarhadidan haydalmoq tayin.Bir bor yolğon aytgan ikkinçi martaYolğon sözlamoqdan aslo tortinmas,Aldovning asalin totgan, albatta,Haqiqat zahriga endi botinmas.Yolğon bora-bora ilondek böğib,Ruhingni nifoqqa aylagay asir.Har kuni ming bitta hiylalar töqib,Bölgaysan kunma-kun axloqi faqir.Endi munofiqqa evrilib tamom,Oqibat kelgaydir iymonga xatar.Qalbingga yedirgaç har kuni harom,Balo bormi, axir, bundan ham battar?!Şul sabab, holingga bölgil ehtiyot,Bilmay nafsu şayton makriga uçma.Hali ölmay turib, xorlikning, hayhot,Qop-qora, azobli qabriga tuşma.Niyating pok bölsin, işlaring töğri,Sözlaring kam bölsin, ammo haqiqat.Şunda halovatning yölidan yurib,Şonu şaraf bölgay topganing faqat.Akrom MALIK

4 130marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.