Til

Hikmat

Şe’r ikki kişining işidir, albat,

Şe’r ikki kişining işidir, albat,Şoiru şe’rxonning şeriklik işi.Agar şoir bölsa, sohibi san’at,Şoirdek terandir tuşungan kişi.Şe’r yozmoq – dard çekmoq, ohu voh qilmoq,Şe’rni anglaganning ismidir hamdard.Bir maqom erur gar dardimand bölmoq,Dardkaşning maqomi ön karra baland.Şe’rni anglaganning tab’i solimdir,Şe’rni his etganning zehni mustaqim.Kimdir mohir bölsa, kimdir olimdir,Gar şe’rni bilmasa, ul atalgay kim?!Hikmat yangramasa aş’orda baland,Şe’r emas dermidi Haq öz oyatin?!Zotan, bir sifatda bölmasa monand,Ora ajratmoqning bormi hojati?!Gözal şe’r qaysiyu, qaysidir vosvos –Komil aqlu pok dil farqlagay, albat.Kimda fahmu kaşf bor valiylarga xos,Şe’rning sirlarini şarhlagay, albat.Agar şe’r çin sözni etsa inkişof,Şoiru şe’rxonni nurga boşlagay.Başarti şe’r bölsa yolğonga vassof,Şoiru şe’rxonni çohga taşlagay.Ey şe’rni yozganlar, şe’rni suyganlar,Kizbdan nafrat eting, seving çin sözni.Işqning otaşida bağri kuyganlar,To Mahşarda kulib oçaylik közni.Akrom MALIK

4 190marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Odam yaratganda Xalloqi olam

    Fariştalar ğoyat böldilar hayron. “Sizlar bilmaganni bilurman mutlaq”, –

    Iymon

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.